Мavzu: Massalar ta’siri qonunining geterogen sistemalarga tadbiq qilinishi


Download 1.12 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1560558
Bog'liq
GETEROGEN

Мavzu: Massalar ta’siri qonunining geterogen sistemalarga tadbiq qilinishi.

AHMADOV TO‘LQIN


Massalar ta’siri qonunining geterogen sistemalarga tadbiq qilinishi.
Muayyan karoratda o‘tato‘ingan eritmaning konsentratsiyasi eruvchanlik deb ataladi. Eruvchanlik massa birlikda Sm=m/v(g/ml), molyar birlikda SM=m/M(m/l) kabi ifodalanadi. Oz eruvchan moddalar eruvchanligi: SM≤10-2 m/l dan oshmaydi. Gaz-suyuqlik, suyuqlik-qattiq, suv va suvda aralashmas organik erituvchi kabi ikki xil agregat fazalardan iborat aralashmalar geterogen tizim deb ataladi. Cho‘kma xosil bo‘lish natijasida suyuq erituvchi va qattiq cho‘kmadan iborat geterogen tizim vujudga keladi.
BaSO4 ↓↔ Ba2+ + SO42-
Cho‘kma xosil bo‘lishi qaytar jarayon bo‘lib, unda oz eruvchan tuz (elktrolit) va uning eritmadagi ionlari orasida xarakatchan (siljuvchan) – dinamik muvozanat qaror topadi. Ikki xil faza chagarasida qaror topgan muvozanat geterogen muvozanat deyiladi. M.T.Q ni mazkur geterogen muvozanatga tadbiq etib analitik kimyoda g‘oyatda muxim, eruvchanlik ko‘paytmasi tushunchasini matematik ifodasini chiqaramiz
KM = [Ba2+][SO42-] / [BaSO4]
BaSO4 g‘oyatda oz erigani sababli uning geterogen tizimdagi miqdori [BaSO4] = cons o‘zgarmas. Bu qiymatni tenglikning chop tomonicha o‘tkazib, ikkita o‘zgarmas son ko‘paytmasini xosil qilamiz ana shu ko‘paytma eruvchanlik ko‘paytmasi – KS yoki solvoliz doimiysi deb ataladi.
KM[BaSO4] = [Ba2+][SO42-]
Solvoliz doimiysi KS (yoki eruvchanlik ko‘paytmasi) fakat oz eruvchan elektrolitlarga xos bo‘lib ularning t˚ = 200S xaroratdagi qiymatlari analitik ma’lumotnomada keltirilgan, tabiyki ular orasidan osh tuzi yoki nitratlarga doir ma’lumotni qidirish mantiqsiz, chunki bu tuzlar suvda yaxshi eruvchan elektrolitdir.
Uy xaroratida oz eruvchan elektrolit to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi.
AmBn ↔ mAn+ + nBm-
AmBn tarkibli cho‘kma uchun KS = [A]m · [B]n kvadrat kavslarda oz eruvchan elektrolitning geterogen muvozanatdagi konsentratsiyalari keltirilgan
Masalan: Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43- uchun KS = [Ca2+]3 · [PO43-]2
Konsentratsiya fa’ollik orqali berilsa ifoda quyidagicha bo‘ladi
KS ning mukammal ta’rifi: Oz eruvchan elektrolit ionlarining – geterogen muvozanatda stexiometrik koeffitsient darajasidagi fa’olliklar (yoki konsentratsiyalari) ko‘paytmasining xona xaroratidagi qiymati eruvchanlik ko‘paytmasi yoki solvoliz doimiysi deb ataladi
E.K. qiymadidan molyar eruvchanlikni xisoblash formulasini keltirib chiqaramiz
Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43-
KS = [3S]3 · [2S]2 = 27S3 · 4S2 = 108S5
KS = 33 · 22 · S3+2
Umumiy xolda AmBn tarkibli cho‘kmaning eruvchanligi
KS = [A]m · [B]n tenglamasidan, KS qiymati geterogen muvozanatdagi erigan elektrolit ionlari konsentratsiyasiga to‘g‘ri mutanosibligi qo‘rinib turibdi.
Qoida: Uxshash tarkibli oz eruvchan elektrolitlarning KS qiymati kichik bo‘lsa uning eruvchanligi kamligidan dalolat beradi

 

BaSO4

SrSO4

CaSO4

KS

1 · 10-10

1 · 10-7

1 · 10-5

Misol:
Eruvchanlik o‘ngdan chapga tomon kamayaboradi.
Ammo bunday solishtirish tarkibi o‘xshash bo‘lmagan cho‘kmalarga joiz emas

 

KS

S

AqCl

1,78 · 10-10

1,33 · 10-5

Aq2CrO4

1,1 · 10-12

4 · 10-5

Misol:
ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling