Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar. C++ algoritmik tilining grafik imkoniyatlari. Reja


Download 391 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi391 Kb.
#196585
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
C Massiv, Grafika

Tayanch so‘z va iboralar: regulyar, berilganlar, massiv, bir o’lchovli, ko’p o’lchovli, massiv uzunligi, static, dinamik, element, index, qator, ustun, Nuqta, to’gri chiziq, ko’p burchak, yoylar, grafika.
Berilganlar massivi

Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.

Massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning (massiv elementlarining) tartiblangan majmuasidir.

Odatda massivlar katta xajmdagi, lekin cheklangan miqdorda va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni yechishda yuzaga keladi. Faraz qilaylik, talabalar guruhining reyting ballari bilan ishlash (reytingni aniqlash, tartiblash, saralash va x.k.) masalasi berilgan bo’lsin. Ushbu masalani hal etishda berilganlar (reyting ballari)ning tartiblangan ketma-ketligi zarur bo’ladi. Bu yerda “tartiblangan” deganda ketma-ketlikning har bir qiymati o’z o’rniga ega bo’lishi nazarda tutiladi.

Berilganlar ketma-ketligini ikki hil usulda hosil qilish mumkin.

Birinchi usul - har bir talaba reytingi uchun alohida qiymat aniqlash: reyting1 … reytingN;

Ikkinchi usul – berilganlar ketma-ketligini yagona nom bilan aniqlab, uning qiymatlariga murojaatni shu qiymatlarning ketma-ketlikda joylashgan o’rnining nomeri (indeksi) orqali amalga oshirishdir.

Demak, massiv – bu fiksirlangan miqdordagi ayrim qiymatlarning tartiblangan majmuasidir. Barcha elementlar bir hil turda bo’lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi.

Massivning har bir elementiga massiv nomi hamda kvadrat qavs ichiga olingan element sektori deb nomlanuvchi indeksni ko’rsatish orqali murojaat qilinadi.

[]

Bu ko’rinishga hususiy o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning alohida elementidir. Massiv ementlarini uning tartib raqami (yoki oddiy raqam) orqali belgilash indeksli o’zgaruvchilar deyiladi.

Massiv indeksi sifatida butun son qo’llaniladi. Umuman olganda massiv indeksi sifatida butun son qiymatini qabul qiladigan ixtiyoriy ifoda qo’llanishi mumkin. Ifoda sifatida o’zgaruvchini olish ham mumkin. Bunda o’zgaruvchi qiymati o’zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv elementini aniqlovchi indeks ham o’zgaradi. Demak dasturdagi bitta indeksli o’zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash mumkin.


Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling