Ko’p o’lchovli massivlar
C++ tilida massivlar elementining turiga cheklovlar qo’yilmaydi, lekin bu turlar chekli o’lchamdagi obyektlarning turi bo’lishi kerak. Hususan massivning elementlari ham massivlardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda matritsa nomli ikki o’lchamli massiv hosil bo’ladi.
Agar matritsaning elementlari ham massivdan iborat bo’lsa, uch o’lchamli massivlar – kub hosil bo’ladi.
Ikki o’lchamli massivning sintaksisi:
[] []
Masalan 5x4 o’lchamli butun sonlar massivini quyidagicha e’lon qilinishi mumkin:
int a [5] [4];
Ikki o’lchovli massivni takrorlash operatori yordamida to’ldirish uchun ichma-ich joylashgan ikkita sikl ochishga to’g’ri keladi. Ulardan birinchisi matritsaning qatorlarini, ikkinchisi ustunlarini aniqlashga xizmat qiladi. Quyida Pifagor ko’paytirish jadvalining elementlarini massiv sifatida saqlab, ixtiyoriy elementni ekranga chiqarish dasturi bilan tanishamiz.
#include
using namespace std;
int main ()
{
int i,j;
int mas[10][10];
for (i=1; i<=10; i++)
for (j=1; j<=10; j++)
mas[i][j] = i*j;
cout<<"i va j ni kiriting: \n";
cin>>i>>j;
cout<
}
Do'stlaringiz bilan baham: |