Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar. C++ algoritmik tilining grafik imkoniyatlari. Reja
Download 391 Kb.
|
C Massiv, Grafika
Massivlarni e’lon qilish
C++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bitta kam bo’ladi. Massivni e’lon qilish:
Masalan:
int m[6] = {1, 4, -5, 7, 3, 0}; float a[4]; Massiv statik va dinamik bo’lishi mumkin. Statik massivning uzunligi oldindan ma’lum bo’lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi. Dinamik massivning uzunligi dastur bajarilishi davomida aniqlanib, u dinamik xotiradagi ayni oaytda bo’sh bo’lgan adreslarga joylashadi. Massivlarni e’lon qilishning bir necha usuli mavjud: 1. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash: int t[5] = {-5, 10, 0, 4, -3} Bunda 5 ta elementdan iborat t nomli butun turdagi massiv e’lon qilinib, uning barcha elementlariga boshlang’ich qiymat berildi. 2. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liqmas initsializatsiyalash: int k[10] = {3, 1, 4, 4, -3} Bunda 10 ta elementdan iborat k nomli butun turdagi massiv e’lon qilinib, uning dastlabki 5 ta elementlariga boshlang’ich qiymat berildi. 3. O’lchami ko’rsatilmagan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash: Int m[] = {4, 11, -2} Bu misolda massivning barcha elementlariga boshlang’ich qiymat kiritilgan hisoblanadi va kompilyator uning uzunligini qiymatar soniga qarab aniqlab oladi. Agar massiv uzunligi e’lon qilinmasa, unga boshlang’ich qiymatlar berilishi shart. Misollar: char ch[4] = {‘a’, ‘b’, ‘d’, ‘f’}; //belgilar massivi int butun[6] = {10, 8, 5, 15}; //butun sonlar massivi char str[] = “abcd”; //ushbu satr oxirida \0 belgisi bor deb hisoblangani sababli uning uzunligi 5 ga teng
#include #include using namespace std; int main () { srand(time(NULL)); int mas[5]; for (int i=0; i<=4; i++) mas[i] = rand()%10; for (int i=0; i<=4; i++) cout< }
|
ma'muriyatiga murojaat qiling