masalalarni yechish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Masalani tahlil qilish.
Masala mazmuniga mos tenglama ѐki tenglamalar sistemasi tuzish.
Tuzilgan tenglama ѐki tenglamalar sistemasini yechish.
Tenglamaning ildizlarini tahlil qilib, ular asosida masalaning javobini topish.
Xulosa
Masalalarni yechish – o‘qitish jarayonida o‘rgatuvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, nazorat qiluvchi kabi didaktik tamoillarni bajaradi.
O‘qitishda nostandart masalalardan foydalanish ijodiy tafakkurga yetaklovchi asosiy fikrlash uquvini rivojlantirishga maʼlum maʼnoda yordam beradi.
Masala bilan ishlash metodikasi o‘quvchilarga masala mohiyatini anglash bosqichida qiyinchilik tug‘diradigan holatlarni topib, ular bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalarni, yechim rejasini tuzishni, tuzilgan rejani amalga oshirish bosqichini, harakatlar va natijani tekshirib ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
Tavsiyalar.
Maktab matematika kursini o‘rganishda aniq maqsadga yo‘nalganlik (o‘qituvchida mashg‘ulot, mavzu, bo‘lim maqsadini qo‘yish, maqsadni tabaqalashtirish, aniqlashtirish va integratsiyalash, dars maqsadlarini ajratish, o‘quvchilar faoliyatini takomillashtirishga ijodiy yondashish) bo‘lishi.
Matematika kursi o‘quv materialini tanlash va kompozitsiyalashni amalga oshirish, uni tabaqalashtirish va integratsiyalash, mazmunning didaktik elementlarini, ularning turlari va belgilarini ajratish.
Mazmunni va o‘qitish maqsadlarini muvofiqlashtirish, taʼlim mazmunini modellashtirish, o‘quv jarayonini maqsadlariga va mazmuniga mos o‘qitish metodlari majmuini tanlash uquvlarini, o‘quv topshiriqlarini tanlash.
O‘quv fanini o‘rganishda mashg‘ulot loyihasini ishlab chiqishga qiziqish va motivatsiya asosida yuzaga keladigan motivatsiyali–ahamiyatli yo‘nalganlik, shuningdek, ishlab chiqilgan mashg‘ulot loyihalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini berish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |