Mavzu: Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasini maqsad va vazifalari. Reja
Download 60 Kb.
|
mut maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining predmeti,maqsad va vazifalari.
Mavzu: Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasini maqsad va vazifalari. Reja; Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining predmeti,maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik ribojlanishinng metodologik, psixofiziologik va psixologik-pedagogik asoslari. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining o’qitish usullsri va vositalari. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining predmeti,maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni va “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi» o`quv predmeti bo`yicha ta`lim texnologiyasi ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarni o`qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg`or pedogogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan.Fanni o`qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan. - Ma`ruza mashg`ulotlarini olib borishda ko`proq ko`rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllarga e`tibor qaratilgan. - Amaliy mashg`ulotlarni olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo`lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash bo`yicha ko`nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda. Davlatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma`rifiy sohalarda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yuqori sifatli kadrlar salohiyatiga bog`liq. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jahon andozalari darajasida kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish vazifasi qo`yildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va boshqa me`riy hujjatlar nafaqat milliy ta`lim taraqqiyoti, balki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta`limning sifati va uni tashkil etish usuli o`qituvchining mahoratiga, talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog`liq. Ta`limning natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in`ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, ta`limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o`quv jarayonining darajasiga bog`liq. O‘quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiy pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia qo`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirlar ta`lim ustivorligini ta`minlaydi. Bunda har bir fanning o`ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, hamda spitsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq. Matematik tasavvurlarni shakllantirish kursini o‘qitish yuqorida ta`kidlangan ta`lim texnologiyalariga, kontseptual yondoshuvlarga asoslanishi kerak Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?). 2. MTTda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilsa, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi? 3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat, qobiliyatlarni egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining shakllanishi va garmonik rivojlanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalari: darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish kerak?). 5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish kerak?) 6. Ta’limiy faoliyat ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?). Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir.Matematika fani oldida turgan maqsadlar umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlardan iboratdir. Amaliy maqsadlar qatoriga bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ularning to‘plam va son haqida; kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kabilar kiradi: bolalar olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish uchun bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini chuqur o‘zlashtirib olishi lozim. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling