Mavzu: Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasini maqsad va vazifalari. Reja
Download 60 Kb.
|
mut maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Topshiriqlar:1.
- Adabiyotlar
O‘yin qoidasi: 4 xil: yaqin, yaqinroq, uzoqroq, uzoq masofada savatchalar tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar ikki qator bo‘lib ikki tomonga saflanadilar.
Tarbiyachi aytgan masofaga har bir qatordan bir bola kelib turadi va koptokni tarbiyachi aytgan masofadagi savatchaga uloqtirib tushirishi kerak. Koptok qaysi masofaga tushsa, bolalar o‘sha masofani yaqin, uzoq, yaqinroq, uzoqroq deb aytadilar va navbatni keyingi bolaga beradilar. O‘yin shu tarzda davom etib, 2-3 marotaba takrorlanishi mumkin. Mashq natijasida bola “yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi. Tarbiyachi: Bolalar, hozir sizlar yoningizdagi qutichadan doira shaklini olinglar. Bu shaklni o‘zingizga nisbatan uzoq joylashtiring (stol ustiga). Endi kvadrat shaklini o‘zingizga nisbatan yaqin joyga joylashtiring. Uchburchak shaklini olib o‘zingizga nisbatan yaqinroq joyga qo‘yinglar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklini uzoqroqqa joylashtiringlar. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib “Doira sizdan uzoqdami yaqindami?”, “Uchburchak sizdan uzoqroqmi , yaqinroqmi?” deb so‘raydi. Nazorat uchun savollar: 1. Predmetlarning o‘lchovi haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Bolalarni katta-kichiklikni o‘lchashga o‘rgatishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? 3. Bolalarda o‘lchash amallarining xususiyatlari qanday? 4. Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda qanday didaktik o‘yinlardan foydalaniladi? 5. Bolalarnii shartli o‘lchov birliklari bilan qanday tanishtiriladi? Topshiriqlar:1. Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun”Bo’laklarni top ni”metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. 2.Bolalarni katta-kichiklikni o‘lchashga o‘rgatish haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash uchun “Namunaga qarab jadbalni to’ldiring” metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 2. Bikbaeva N.U., Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 1995 y. 3.Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007 Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling