Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш


O’tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili va tavsiyalar


Download 0.54 Mb.
bet9/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1467538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
geometriyaga oid konstruktiv masalalar

2.3. O’tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili va tavsiyalar.
Geometrik tushunchalar o’quvchilar tomonidan qiyin o’zlashtirilishi bizga ma’lum.
Geometrik figuralarning tuzilishi va yasash usullari darslikda ko’rsatilmaydi. Geometrik figuralarni xossalari, ularni o’lchash hisoblash, chizish va yasash yuzasidan nazariy ma’lumotlar darslikda o’z aksini topmaganligi o’qituvchiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun geometrik materiallarni o’rganish metodikasini ko’rib chiqish va metodik tavsiyalarni aniqlash tadqiqot ishi maqsadi qilib olindi.
Tajriba olib borish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1.O’quvchilarning geometriyaga oid egallagan bilimlarini nazorat qilish;
2.Dars jarayonida o’quvchilarning fanga qay darajada qiziqishini aniqlash.
3.Darsda ko’rgazmalilikdan o’rinli foydalanish orqali o’quvchilarning faolligini ta’minlash hamda turli metodlar yordamida egallangan bilim va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashni takomillashtirish.

  1. Tayyorgarlik ishlari.

  2. Tajriba-sinov ishlari.

  3. Tajriba-sinov ishlari natijalari.

1. Tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlarida tadqiqot obyektida kuzatish va mavzu yuzasidan bugungi kunda o’quvchilarning bilim va tasavvurlarni boyitish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildi. Shunga ko’ra, tajriba obyektlari sinovlar asosida belgilab olindi. Tajriba obyektlarida tadqiqot olib borish jarayonida kuzatish hamda ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirishdan foydalanildi.
2.Tajriba-sinov ishlari. Biz o’zimizga belgilangan mavzu doirasida tajriba-sinov ishlarini olib borish maqsadida Qarshi shahar 29-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinflarida tadqiqot ishi olib bordik. Ishni boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining geometriyaga oid bilim va tushunchalarnio’zlashtirishlari bilan tanishishdan boshladik
Bitiruv malakaviy ishi mavzusidan kelib chiqqan holda 4-sinf o’qituvchilarining geometriyaga oid mavzulari bayonnomalari hamda didaktik vositalarini o’rganishga alohida ahamiyat berdik. Kuzatish shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik dars rejalari faqat didaktik xarakterga ega bo’lib, amaliy hayot bilan bog’liqlik nazardan chetda qoldirilgan. Ushbu olib borilgan tahlillardan so’ng tajriba uchun ushbu maktabning 4B va 4D sinflari tanlab olindi. Ushbu sinflarda o’quvchilarning geometriya elementlarini o’rganganlik darajasi hamda o’lchash va grafik malakalari yuzasidan turli topshiriqlar berilib 5 ballik baholash sistemasida baholandi. Ushbu sinov natijalari ishlab chiqilib, umumiy holatda quyidagicha jadval ko’rinishiga keltirildi.
Tajribadan oldingi 4B va 4D sinf o’quvchilarining o’zlashtirish natijalari jadvali:

Sinflar

O’quvchilar soni

Baholar




2

3

4

5

Tajriba sinfi






soni

%

soni

%

Soni

%

soni

%

28
4B

3

11%

8

28%

11

39%

6

22%

Nazorat sinfi

30
4D



4

13%

11

36%

10

33%

5

18%

2. Tajriba obyektlarida olib borilgan ishlar.


Tajriba-sinov ishlari asosan mavzudan kelib chiqqan holda rejaga ko’ra geometriya elementlarini o’rgatishda turli zamonaviy usullarni qo’llashga et’ibor berildi. Shu bilan birga darslarni tashkil etishda turli inttellektual o’yinlar “Zakovat”, “Yetti karra yetti” o’yinlaridan foydalanildi. Darslarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydlanishga ham alohida e’tibor berildi. Darslarda o’quvchilarning darsga munosabati, ijodiy faolligi, o’zlashtirish darajasi doimiy nazorat qilib borildi. Kuzatishlar yuqoridagi tarzda tashkil etilganda o’quvchilarda katta qiziqish uyg’onayotganini, faolligi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarining o’sib borayotganligini ko’rsatdi.
Shundan so’ng qayta sinov ishlari o’tkazildi. Sinovda o’quvchilarning egallagan bilim va malakalari turli mantiqiy masalalar hamda grafik ishlar usulida sinab ko’rildi. Natijalar quyidagicha bo’ldi:
Tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari jadvali va tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari diagrammasi:

Sinflar

O’quvchilar soni

Baholar

2

3

4

5

Tajriba sinflari

28
4B



soni

%

Soni

%

soni

%

soni

%

4

14%

10

35%

10

35%

4

16%

Nazorat sinflari

30
4D

4

13%

11

36%

10

33%

5

18%


Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdiki umumlashtiruvchi darslarini zamonaviy usullar asosida olib borilgan tajriba sinfida o’quvchilarning o’zlashtirishtirish samaradorligi 4%ga o’sgan, nazorat sinfida esa bu deyarli o’zgarishsiz 1%ni tashkil etyapti. Bundan tajriba sinfidagi o’zlashtirish samaradorligi nazorat sinfiga nisbatan 3% yuqoriligi kelib chiqadi. Bu natijani quyidagi diagramma orqali yaqqol ko’rishimiz mumkin:

Diagrammadan ko’rinib turibdiki tajribadan keyin sinfda umumiy o’zlashtirish samaradorligi 56 % dan 60 % ga ko’tarilgan, ya’ni 4 %ga o’sishni kuzatishimiz mumkin. Ushbu o’zlashtirish natijalari tahlilidan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, olib borilgan tajriba-sinov ishlari samarali bo’lib, geometriya elementlarini o’rgatish jarayonida yuqoridagi usullardan foydalanish orqali biz haqiqatdan ham yuqori samaradorlikka erishishimiz mumkin ekan.


Demak, bundan ko’rinib turibdiki, har bir pedagog jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligini unutmagan holda, globallashuvdan chetda qolmasdan darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o’tkazish bilan avvalgidan ko’proq samaradorlikka erishishi mumkin.
Xulosa qilib aytilganda, tо‘rtinchi sinflarda geometriya masalalarini sistematik tarzda kо‘rgazmalilik asosida о‘rgatishda о‘qituvchi ishini birmuncha osonlashtirishi va о‘quvchilar yanada yaxshiroq va osonroq tushunishi о‘z isbotini topdi. Geometrik bilimlarni shakllantirish bо‘yicha olib borilgan tajriba-sinov asosida geometrik tushunchalarni bir tizimga keltirish kriteriyalar asosida tekshirildi, tegishli tavsiyanomalar to’rtinchi sinf darsligi bо‘yicha о‘rganilib asoslandi.
Tajriba natijalari bitiruv ishidagi ilmiy faraz: Boshlang‘ich sinflarda о‘rganiladigan geometriya elementlarini kо‘rgazmalilik asosida о‘qitish, shu figuralar bilan bog‘liq bо‘lgan yuqori sinf geometriya kursida о‘qitiladigan fazoviy figuralar va ularning xossalarini о‘rganishni osonlashtirishi о‘zining isbotini kо‘rsatadi.
Ushbu xulosalardan kelib chiqqan holda boshlang’ich sinfda geometriya elementlarini o’qitish yuzasidan quyidagilarni tavsiya etaman:

  • Dasturda kо‘rsatilgan nuqta, tо‘g‘ri chiziq, siniq chiziq, kesma, kо‘pburchaklar – uchburchak, tо‘rtburchak, kvadrat, boshqa kо‘pburchaklar, ularning elementlari, tomonlari, burchaklari, uchlari, burchak (tо‘g‘ri, о‘tkir, о‘tmas), aylana va doira (aylana markazi va radiusi) kabi geometrik figuralar va ularning xususiyatlari haqida о‘quvchilarda aniq va tо‘g‘ri tasavvurlar va dastlabki tushunchalarni tarkib toptirish jarayonida o’quvchilar qiziqishlarini oshirishga qaratilgan metodlar hamda ko’rgazmali vositalardan o’rinli foydalanish;

  • О‘quvchilar о‘lchash malakalari va chizmachilik о‘lchash asboblaridan foydalanib, shuningdek, bulardan geometrik figuralarni yasash malakalari bilan qurollantirish, kо‘z bilan chamalab о‘lchashlar, qо‘lda chizish va boshqa malakalar hayotiy va muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish;

  • О‘quvchilarni nazariya va amaliyot orasidagi bog‘lanishlarni murakkabligini anglab olishlariga chizish va yasash darslari yordam beradi. Chizish va yasash darslari о‘quvchilarni geometriya elementlarini puxta о‘rganib olishlariga yordam beradi.

  • О‘quvchilarga geometriya elementlarini о‘rgatishda dasturda belgilab bergan vazifalarni hisobga olgan holda har xil kо‘rgazmali qurollardan keng foydalanish;

  • Rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan geometrik figuralarning demonstratsion umumsinf materiallaridan, figuralar tasvirlangan kо‘rgazmali qurollar, doskaga chizilgan chizmalar va diafilmlardan iborat vositalardan foydalanish.

Agar о‘qituvchi yuqoridagilarni amalga oshirsa, boshlang‘ich maktablarda geometrik elementlarni о‘qitishni yaxshilaydi, hamda о‘quvchilar yaxshi о‘zlashtiradi. Buning uchun о‘qituvchilar ijodkor, izlanuvchan, о‘z ustida kо‘p ishlaydigan va tajribali bо‘lishi kerak. Fikrimizcha, boshlang‘ich sinf matematikasida о‘rganiladigan sodda geometrik figuralarni kо‘rgazmalilik asosida о‘qitish, yuqori sinf geometriya kursida о‘qitiladigan sodda figuralar bilan bog‘liq bо‘lgan fazoviy figuralarni о‘rganishni osonlashtiradi. Dars jarayonida har xil kо‘rgazmali qurollar, turli rangli uchburchak, tо‘rtburchaklar, doiralardan foydalaniladi. Ba’zi holada о‘quvchilarga faqat og‘zaki tushuntirganda kо‘nikma va malaka hosil bо‘lishi qiyinlashadi. Maktab texnik vositalar bilan jihozlangan bо‘lsa, yaxshi samara beradi.
Matematika fanlar ichida o’zining murakkabligi va aqliy mehnat talab qilishi bilan alohida ajralib turadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning elementar bilim, tasavvur va tushunchalarga ega bo’lishlarida ana shu aqliy mehnat faoliyatini birmuncha osonlashtirish va qiziqarli faoliyatga aylantirish talab etiladi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling