Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш


Download 0.54 Mb.
bet1/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1467538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
geometriyaga oid konstruktiv masalalar


Boshlang'ich sinflarda geometriyaga oid konstruktiv masalalardan foydalanishning ahamiyati

MUNDARIJA:




KIRISH………………………………………………………………………………
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlang’ich sinflarda geometriya darslarida konstruktiv masalalar shakllantirishning ahamiyati ...........................................................................
1.2. O’quvchilarni geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o’qitish metodlari……………………………………………………………………….…..
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIYA OID KONSTRUKTIV MASALALARDA KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’QITISH.
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini konstruktiv masalalar bilan tanishtirish........................................................................................................
2.2. Geometriya elementlarini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish........
UMUMIY XULOSALAR………………………………………………………...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………...
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o’sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi ta’lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi, balki o’quvchi yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta’minlashni taqozo etadi.
Bu natijalarga erishish uchun o’z vaqtida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandir. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”.1
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da matematika o’qitishning sifatini oshirish bilan birga o’quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirish masalalari belgilab berilgan. Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy materiallar asosida o’quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, fan va amaliyot o’rtasidagi aloqalarni to’g’ri tushunishga asos yaratadi. O’rta maktab ta’lim tizimini isloh qilish jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan hozirgi davrda maktab matematikasini mazmuni jihatdan ko’rib chiqish zamon talabi bo’lib, o’quvchilarning bilim va malakalarini jahon talablari darajasida bo’lishi talab qilinadi. Buning uchun esa boshlang’ich sinfdanoq har tomonlama yetuk insonlar tayyorlashga harakatni boshlash lozim. Bunda esa dars jarayonlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish zarurdir.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi, uning tafakkurini kengaytiradi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek: ,,...chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin”.2
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, mustaqil qaror qabul qila oladigan, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli holatlarga chidamli hamda bu holatlardan chiqa oladigan bo’lishi kerak. Bunday sifatlarni qaror toptirishga matematika ta’limida kompetensiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda kompetensiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish va yangicha o’qitish yo’nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmuni asosini o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling