- XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida
- rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular
- ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar
- modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa
- uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek
- olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit,
- soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng
- ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli»
- tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal
- qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi
- mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik
- hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin.
- Keyingi o'n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko'rsatish rusumga kirdi.
- Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir.
- Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me'yorlari muhitida bir-biriga o'zaro ta'sir
- etuvchi, turli-tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko'plab tuzilmalaridan iborat – bozor
- deyiladigan yagona tushunchada o'z ifodasini topadi.
- Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo'jalik faoliyatining erkinligi; bozor
- subyektlarining teng huquqli bo'lishi; iqtisodiy mas'uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy
- raqobat; mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko'rsatkichlarning yetakchilik roli; bozorning barchaga
- taalluqli bo'lishi; bozorning ochiqligi; davlat tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash.
- Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama
- rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va
- ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi
- qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi.
- Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan,
- ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini
- pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi
- model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat
- manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish
- salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi.
- Shved modeli aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash
- hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib
- turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab
- davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu
- xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi.
- Fransuz modeli – davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon
- rivojlanishning besh yilliklar bo'yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi); davlatning
- to'g'ridan to'g'ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi; davlatning
- kapital jamg'arish jarayoniga aralashuvi.
- Janubiy Koreya modelining yapon modeliga o'xshash umumiy jihatlari mavjud.
- Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o'z
- burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga
- asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat
- sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini
- keltirish mumkin.
- Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa
- muddatlar ichida mayda va o'rta tadbirkorlikning qo'llab-quwatlashi natijasida o'rta
- sinfning shakllanishini keltirish mumkin. O'tgan asrning 90-yillari oxirida Janubiy
- Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o'z
- boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga
- moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.
- Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va
- «O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati
- O'zbekistonning uzoq davr sho'rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli
- milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan
- rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga
- xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qo'llash zaruratini keltirib chiqargan edi.
- O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi.
- Kommunistik mafkura o'z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo'lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini
- egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o'z
- tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralarni ham
- inkor etgan edi.
- Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli bo'lib, kommunistik partiya bilan
- davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo'shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi
- ham o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil bo'lgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik
- institutlari butunlay yo'q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat
- tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo'ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o'rni
- pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo'ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega bo'ldi.
- Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma'muriy-
- buyruqbozlik usulida rahbarlik qila boshladi.
- Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san'at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini
- ham o'z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me'yorlarni belgilab berishga ham da'vogarlik qila boshladi.
- Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o'z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish,
- yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan
- siqib qo'yilganligi uchun ham sobiq sho'ro jamiyati o'zini o'zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli
- mahrum bo'lgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o'zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi.
- Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o'rnining
- beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy
- differensiatsiyaga yo'l qo'ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash
- vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya'ni iqtisodiyotning
- rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda
- demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo'q edi.
- Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli
- siyosatshunos Xanna Arendt o'zining «Totalitarizm virusi» nomli asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo
- jamiyatning tizilmalashuvi bilan bog'liq bo'lib, uning ma'lum qatlamlari manfaatlarini ifoda etdi. Olomon uchun
- tuzilmaviylikning yetishmasligi yangi tipdagi partiyaga bo'lgan zaruriyatni shakllantirdi. Butin bir jamiyat
- manfaatlarini ifoda etishga da'vogarlik qilayotgan partiya fuqarolik jamiyatini olomon guruhlarga aylantirdi,
Do'stlaringiz bilan baham: |