3.O'tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi. U o'tish davri jarayonlarining xarakteri bo'yicha (ayniqsa, global o'tish jarayonlari uchun) ajralib turadi. Lekin, lokal o'tish davri iqtisodiyoti ham evolutsiyaviy qonuniyatlar ta'siri ostida shakllanadi. Shuning uchun o'tish davri iqtisodiyotining bu turi asosiy tur hisoblanadi. Evolutsiyaning borishida — tarixiy taraqqiyotning bir pog'onasidan ikkinchisiga o'tishida u asos bo'lib xizmat qiladi. 4. O'tish davri iqtisodiyotining islohotchilik-evolutsiyaviy turi. U ham o'tish jarayonlari xarakteri bo'yicha ajralib turadi va jamiyatni isloh etish uchun ishlab chiqilgan dastur asosida ongli ravishda muvofiqlashtirish asosida kechadi. Bu jarayonda evolutsiyaning borish qonuniyatlari saqlanib qoladi. Lekin, bunda evolutsiya zo'rlik bilan emas, balki islohotchilik o'zgartirishlar uchun ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq tezlashtiriladi. O'tish jarayonining bu turida evolutsiyaning sotsiomadaniy omillari muhim ahamiyat kasb etadi. Unga misol tariqasida qator industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan texnotron turga mansub bo'lgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy dasturlarini keltirish mumkin. - O'tish davri iqtisodiyotini o'z boshidan kechirayotgan mamlakatlardagi islohotlarning borishi va ularning
- natijalarini qanday bo'lishi dastlabki boshlang'ich shart-sharoitlarning qanday bo'lishiga bog'liqdir.
- tuzilmaviy
- nomutanosibliklarning hajmi,
- xalq xo'jaligini militarlashish
- darajasi
- muvafaqqiyatli kechishida
- quyidagi boshlang'ich shart-
- sharoitlar muhim o'rin tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |