Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”. O'Zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o'tish davri va taraqqiyot bosqichlari


Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari


Download 0.79 Mb.
bet7/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'ZBEK MODELI

Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari. O'tgan zamonda «jahon sotsialistik tizimiga» kirgan mamlakatlar tajribasi
  • ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning uchta asosiy yo'lini namoyon etdi: birinchi (tarixan
  • xiyla erta) — bozor insti- tutlarini asta-sekin shakllantiradigan evolutsiyaviy (tadrijiy) yo'l (Xitoy, O'zbekiston,
  • qandaydir jihatdan Vengriya); ikkinchi - «shok terapiyasi» bo'lib, u yoki bu darajada Rossiyada, markaziy va Sharqiy
  • Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida (klassik shaklda — Polshada) qo'llandi; uchinchi - inqilobiy yo'l. Bu yo'l XX
  • asrdan boshlab bir necha mamlakatlarda o'z ifodasini topdi. Lekin, bu yo'lning oxir-oqibati totalitar jamiyat qurish
  • bo'lganligi uchun o'tish yo'li sifatida o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda.
  • Bu har ikki yo'lning o'zaro farqlanishi tizimga oid o'z- garishlarni va barqarorlik chora-tadbirlarini amalga
  • oshirish muddatlarida, xalq xo'jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning muvofiqlashtirish
  • funksiyasi hajmi kabilardagi turli xilliklarda ifodalanadi.
  • Bozor iqtisodiyotiga o'tishda evolutsiyaviy yoki «shok terapiyasi» nafaqat siyosiy rahbariyat irodasiga, balki
  • jamiyatdagi muhitda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillarning darajasiga bog'liqligi bilan o'zini
  • namoyon qildi. Evolutsiyaviy yo'l bir necha avlodlar almashinuvi kechgan qishloq xo'jaligi nisbatan rivojlangan,
  • xususiy tadbirkorlikka moyil aholisi bo'lgan, og'ir sanoat va harbiy-sanoat majmuasi ulushi unchalik katta boimagan,
  • siyosiy va xo'jalik yurituvchi elita orasida islohotlar o'tkazishdan manfaatdor bo'lgan mamlakatlar uchun xos bo'ldi.
  • «Shok terapiyasi» yo'li noilojlik natijasida ko'riladigan chora- tadbirlar oqibatida tanlandi. Ko'pchilik holatlarda
  • bu yo'l ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan og'ir moliyaviy ahvolga barham berish, tuzilmaviy
  • nomutanosibliklar tufayli keskin tovar defitsitini paydo bo'lganligi bilan ham bog'liq bo'ldi.
    • Evolutsiyaviy yo'l («gradualizm»). Bozor iqtisodiyotiga o'tishning evolutsiyaviy yo'lini quyidagi umumiy
    • qirralarini ajratib ko'rsatish mumkin:
    • Bozor munosabatlari dastlab ishlab chiqarish va iste'mol mollari savdo-sotiq sohalarini qamrab oladi, so'ngra
    • investitsiya sohalariga tarqaladi.
    • Baholarni erkinlashtirish (liberallashtirish) islohotlarning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi, lekin bu
    • jarayonda ko'pincha yirik monopolistik moyilliklar mavjud bo'lgan sohalarda aholi hayot darajasining tushib
    • ketmasligi uchun baholar davlat tomonidan nazorat qilib borish taqozo etiladi.
    • Yuqori inflatsiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida qattiq moliyaviy siyosat olib boriladi.
    • Bozor infratuzilmalari faol ravishda shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik, xususan mayda ishlab chiqarish va
    • xizmat ko'rsatish sohalari rag'batlantiriladi.
    • Qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlantirishga doir chora-
    • tadbirlarni amalga oshirish bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirishning o'ziga xos eneigiya manbayi bo'lib, uning
    • natijasida iste'mol bozori toidiriladi, islohotlarni chuqurlashtirishning ijtimoiy jihatlari mustahkamlanadi.
    • Davlat o'zining uzoq muddatga mo'ljallangan islohotlar strategiyasi asosida bosqichma-bosqich, qadamba-
    • qadam ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlariga almashtira boradi. Jumladan, bu kabi jarayon
    • Vengriyada 1968-yildan 1990- yilgacha davom etdi, O'zbekistonda 1991-yildan, Xitoyda esa 1979-yildan buyon
    • davom etmoqda.
    • Islohotlarning boshlanishi iste'mol bozorida o'sishga moyil bo'lgan muvozanatni o'rnatish bilan bog'liq bo'lib,
    • bunda nafaqat tez moslashuvchan baholar tizimi yordamida, balki xususiy sektorda iste'mol mollarini ishlab
    • chiqarishni tezlik bilan rivojlantirish, ular bilan bozorni to'ldirish, xizmat ko'rsatishni kengaytirish vositasida
    • o'zgarishlar chuqurlashtirilib boriladi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling