Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш


Download 0.65 Mb.
bet9/13
Sana13.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1455645
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1) 2) 3)





4) 5) 6) Geometrik figuralar xususiyatlarini umumlashtirish, matematik til haqidagi tasavvurlarni hosil qilish, geometrik mazmunli amaliy masalalarni yechish zarurati geometrik figuralarni belgilashda lotin alifbosining bosh harflaridan foydalanishni talab qiladi.
Bolalarni lotin alifbosining bosh harflari bilan tanishtirish ishini taxminan bunday kirish suhbati bilan boshlash tavsiya qilinadi: “Bolalar, yer yuzida har bir jonli va jonsiz narsa о‘z ismiga ega. Har bir geometrik figuraga ham ism berishimiz kerak. Nuqtalarning bir-biridan farq qilishi uchun ularning har biriga ism beramiz.

Geometrik figuralarni belgilash uchun harfiy belgilar kiritish metodini A.M.Tishkala ishlab chiqqan.
Shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, metodik adabiyotda geometrik figuralarni belgilash uchun lotin va rus tillarida bir xil yoziladigan bosh harflardan foydalanish tavsiya etiladi: A, K, O, C, T, M, U harflaridir. Shundan keyin bolalar kesmalarni harflar yordamida belgilash bilan tanishtiriladi. Bu ishni evristik suhbatdan boshlash mumkin: Kesmaning nechta uchi bor? Kesmani harflar bilan belgilash uchun nechta harf kerak? Ulardan qanday foydalanish kerak?
Harfiy belgilashlarning qо‘llanilishi munosabati bilan nuqtalar, kesmalar, tо‘g‘ri chiziqlar, shakllar va ularning elementlarini joylashishiga tegishli asosiy ma’lumotlarni takrorlash oson bо‘ladi. Kesmani nuqtalar tо‘plami kabi tasavvur paydo qilishga ma’lum darajada e’tibor qilish lozim.
Bu ishni asta-sekin, о‘quvchilar oldiga, masalan, mana bunday: “Kesmada biror nuqta belgilang”, “Kesmada ikki, uch, tо‘rt, besh va hokazo nuqta belgilang”, “Kesmada nechta nuqtani belgilash mumkin?” degan savollar qо‘l kelish darajasida bо‘lishi mumkin. Yuqoridagi savollarga javob berish uchun bolalar fikran, keyinchalik tovush chiqarib, taxminan bunday mulohaza yuritadilar: nuqtani lotin alifbosining bosh harfi bilan belgilagan edik, kesmaning ikkita uchi bor, ular ikkita nuqta bilan belgilanadi; ularning har birini harf bilan belgilaydigan bо‘lsak, kesmalarni ikkita harf bilan belgilash qulay ekanligini kо‘ramiz.
О‘qituvchi о‘quvchilarning mulohazalari tо‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi va kesmalarni belgilashda harflarning tartibining ahamiyati yо‘qligini eslatadi. Chunonchi, AK va KA bir kesmaning о‘zidir.

Tо‘g‘ri chiziqni lotin alifbosining bosh harfi bilan belgilanadi, xuddi kesmani belgilagandek. Bu harflar tо‘g‘ri chiziq oldiga har xil joylarga qо‘yiladi.


Shundan keyin kо‘pburchaklarni belgilash uchun ularni uchlarini harflar bilan belgilash yetarli ekanligi aniqlanadi. Shu yerda bunday muammoli savollarni qо‘yish о‘rinli: “Nima deb о‘ylaysiz, burchakka qanday qilib ism berish mumkin?”, “Buning uchun nechta harfdan foydalanish kerak?” О‘qituvchi о‘quvchilarga kо‘pburchakni belgilash uchun harflarning uchlari biror aniq tartibda aylanib chiqishiga qarab ketma-ket yozilishini aytadi. Shu bilan birga aylanib chiqishni istalgan uchta harflar bilan belgilash mumkin:
Burchakni:
a) uch yonida turgan bitta harf bilan belgilash mumkinligi aytiladi. Burchak sо‘zi “ ” belgisi bilan almashtiriladi. Masalan: bunday о‘qiladi: burchak A.
b) Burchakning uning uchiga qо‘yiladigin raqam bilan belgilash mumkinligi aytiladi.
v) uchta harfli belgilash mumkinligi, shu bilan birga о‘rtadagi har bir harf doim burchak uchida turish kerakligini aytiladi.


Bu burchak . Burchak deb о‘qiladi.


О‘quvchilarni siniq chiziq bilan tanishtirishning mumkin bо‘lgan variantlaridan birini kо‘rib chiqamiz. О‘qituvchi qо‘liga bir bо‘lak sim oladi va sо‘raydi: “Bu figura nima deb ataladi?” О‘quvchilar tо‘g‘ri chiziq kesmasi deb javob beradilar. Shundan keyin о‘qituvchi bolalarning kо‘zi oldida qо‘lidagi bir bо‘lak simni qismlarga sindirib, bunday deydi: “Men simni bir necha qismlarga sindirdim (“sindirdim” sо‘ziga urg‘u beradi), yangi figura hosil bо‘ladi. Siz nima deb о‘ylaysiz, bu figurani nima deb atash mumkin?”
Quyidagi savollarga javob berish uchun о‘quvchilarga о‘qituvchi amaliy ishga yо‘ldosh berib kelgan “sindiraman”, “sindirdim” sо‘zlari bilan taqqoslab, hosil bо‘lgan figurani atashga nisbatan sindirilgan chiziq, siniq chiziq degan fikrlar aytiladi.
О‘qituvchi о‘quvchilarning taxminlarini aniqlashtiradi va yangi siniq chiziq nomini beradi. Bolalarning e’tiborlari siniq chiziqning bо‘g‘inlari kesmalardan iborat ekanligiga qaratiladi. Bolalarning о‘zi rezina shnurlardan, chо‘p va plastilindan siniq chiziq modelini yasashlari va daftarlariga, doskaga siniq chiziq chizishni о‘rganib olishlari maqsadga muvofiqdir. Bolalarga siniq chiziqlar ochiq va yopiq bо‘lishi mumkinligi aytiladi.
Yopiq siniq chiziqlar kо‘pburchakning chegaralari bо‘lishini bolalarga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bо‘limdan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir. Shundan keyin о‘quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun ularning har bir bо‘g‘ini uzunligini topish va topilgan sonlarni qо‘shish kerakligini aytiladi. Bu qoida siniq chiziqlar har ikkala xil uzunliklarini topishga doir mashqlar yordamida mustahkamlanadi.

To’rtinchi sinfda geometriya elementlarini o’qitishda asosiy e’tibor geometrik chizmalarni shartli belgilar yordamida o’qiy olishga qaratiladi. Bunda quyidagicha topshiriqlar berish ahamiyatlidir:


Rasmda tasvirlangan nuqta, kesma va shakllarning nomlarini ayting.




-shakllarda nechtadan nuqta bor? Ularni nomlari bilan ayting.
-shakllarda qanday kesmalarni ko’ryapsiz?Ularning nomlarini o’qing.
-rasmda qanday shakllarni ko’ryapsiz?

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling