Mavzu: materiallarning qattiqligini rokvell usulida


Download 44.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1493432
  1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 4



LABORATORIYA ISHI №4 
MAVZU: MATERIALLARNING QATTIQLIGINI ROKVELL USULIDA 
ANIQLASH. 
 
Ishning maqsadi: Materiallarning qattiqligini Rokvell usulida aniqlash. 
Ishni bajarishda kerakli jihozlar: Yumshаtilgаn po‘lаtlаrlardan namunalar, po`latlarni 
qаttiqligini аniqlаsh uchun Rokvell dastgohi, namunalar, metall sirtidagi izning diametrini 
o`lchash uchun lupa, shtangensirkul, jilvir qog’ozlar; egovlar yoki charx toshlar kompyuter 
jamlanmasi, proektor, slayd.  
Umumiy ma`lumot. Eng ko‘p ishlatiladigan va aniqlanishi oson bo‘lgan mexanik xossa 
bu qattiqlikdir. Qattiqlik bu sinalayotgan materialning unga boshqa qattiqroq jism botishiga 
qarshiligidir. Po‘latning qattiqligi ularning tarkibiga va struktura holatiga ya’ni ichki tuzilishiga 
bog‘liq. Qattiqlikni aniqlashni ko‘p usullari mavjud, lekin biz ushbu ishda ularning faqat Rokvell 
usuli (HR) bilan tanishamiz.
Qattiqlikni Rokvell bo‘yicha o‘lchash. Rokvell usulida olmos konus yoki po‘lat 
sharchaga kuch ta’sirida botish chuqurligiga qarab qattiqlik aniqlanadi.
Qattiqlikni olmos konus bilan o‘lchashda yuklama 150 kg yoki 60 kg bo‘lishi mumkin. 
Bunda qattiqlik qiymati, pribor indikatorining qora shkalasida ko‘rsatiladi. Qattiqlik HRC va 
HRA bilan belgilanadi. HRA qiymatini HRC ga quyidagi formula orqali o‘tkazilishi mumkin. 
HRC = 2 HRA - 104 
HRC va HRA shkalalarida qattiqligi yuqori bo‘lgan materiallar o‘lchanadi. Qattiqligi 
yuqori bo‘lmagan materiallar uchun po‘lat sharchasidan foydalaniladi (bunda yuklama 100 kg ni 
tashkil etadi). 
Materiallarning qattiqligini Rokvell usuli bilan aniqlash ham Brinell usuliga o’xshash, 
ammo bu usul qattiqligi yuqori bo’lgan (toblangan, tsementitlangan) materiallarning qattiqligini 
aniqlashda, asosan sanoatda, keng qo’llaniladi. Bu usuldan, odatda, qattiqligi НВ=450 N/mm2 
dan ortiq bo’lgan material qattiqligini aniqlashda foydalaniladi. Rokvell usulining Brinell 
usulidan farqi shundaki, bu usulda qattiqlik Brinell usulidagi kabi shar qoldirgan izning yuzasi 
orqali emas, balki namunaga botirilgan olmos konus yoki toblangan shar qoldirgan izning 
chuqurligi orqali aniqlanadi. Olmos konusning uch radiusi 0,2 mm va burchagi 1200
o
ga teng. 
Materialning qattiqligini sinashda olmos konusni yoki sharchani namunaga asosiy 
yuklama (Р1) ostida botirishda uchlikning botish chuqurligi (h) ga ko’ra qattiqligi aniqlanadi ( 1 
– rasm ). 
1 - rasm. Rokvell dasgohidagi olmos konusni materialga botirish sxemasi. 
Shuni aytish lozimki, sinaladigan materialning taxminiy qattiqligiga ko’ra uchlik turi va 
unga qo’yiladigan yuklama 1-jadvalga ko’ra aniqlanadi. 

 
 
 
 
 
 
 
 
1-jadval 

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling