Mavzu: materiallarning qattiqligini rokvell usulida
Qattiqlikni TK-2M asbobida aniqlash tartibi
Download 44.13 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA ISHI 4
Qattiqlikni TK-2M asbobida aniqlash tartibi:
• Namunaning taxminiy qattiqligiga asoslanib, yuk qiymati, uchlik va (А, В, С) shkalalardan keraklisi tanlanadi; • Uchlik va shkala priborga o’rnatiladi; • Namunani tekshirishga tayyorlanadi, ya‘ni uning sirti egov va qumqog’oz bilan tozalanadi. Tekshirishda sharcha (yoki olmos konus) izining markazidan namuna chekkasigacha yoki boshqa izning markazigacha bo’lgan masofa 3 mm dan kam bo’lmasligi kerak; • Namuna pribor stoliga o’rnatiladi; • Maxovikni soat strelkasi yo’nalishida aylantirib, namuna yuqorigi uchlikka tekkuncha ko’tariladi. Stolchani ko’tarishni indikatorning kichik strelkasi siferblatdagi qizil nuqta qarshisiga kelguncha, katta strelka esa vertikal holatni egallaguncha davom ettiriladi; • Indikator priborining siferblatida strelka S shkala bo’yicha 0 ni yoki V shkala bo’yicha 30 ni ko’rsatguncha baraban aylantiriladi; • Mexanizm ishga tushiriladi. Katta strelka soat strelkasi yo’nalishida aylanadi. Strelkaning harakati to’xtagach, asosiy yukni olinadi; • Qatiqlik olmos konusdan foydalanganda S shkala bo’yicha, po’lat sharchadan foydalanganda esa V shkala bo’yicha hisoblanadi; • Maxovikni soat strelkasi yo’nalishiga teskari aylantirib, namuna tushiriladi. Iz chuqurligi o’lchanadi, so’ngra tajriba takrorlanadi; • Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi: Hisobotni yozish tartibi: Laboratoriya ishi nomeri va mavzusi, ishning maqsadi, nazariy ma’lumotlar, Rokvell dastgohining tuzilishi va ishlash prinsipi, izning diametrini o`lchash, qattiqlikni o`lchash formulalarida hisoblash, xulosa va adabiyotlar ro`yxatini tuzishdan iborat. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: • Materialning qattiqligi deb nimaga aytiladi? • Metallar qattiqligini aniqlashning Rokvel usulini tushuntirib bering. • Rokvek dastgohida uchlik qanday ko`rinishda bo`ladi? • Rokvek dastgohida uchlik ning materiali nimadan tayyorlangan? • Metallar qattiqligini o’lchashning yana qanday usullarini bilasiz? Download 44.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling