Mavzu: materiallarning qattiqligini rokvell usulida


Download 44.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1493432
1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 4

Rokvell bo’yicha 
qattiqlikni o’lchash 
Uchlik xili 
Indikator 
shkalasi 
Qo’yiladigan yuklama, 
N (kg) 


oralig’i 
25-100 
Toblangan 
po’lat sharcha 
В 
1000 (100) 
20-67 
Olmos konus 
С 
1500 (150) 
70-85 
Olmos konus 
А 
600 (60) 
Sinalayotgan namunaga yuk ketma-ket ikki bosqichda ta‘sir ettiriladi. 
Birinchi bosqichda ta‘sir ettiriladigan yuk (dastlabki yuk –P0) doimo 100N, ikkinchi 
bosqichda ta‘sir ettiriladigan yuk (asosiy yuk – Р1) esa toblangan po’lat shar (HRB) bo’lganda 
900N ga, olmos konus bo’lganda esa (HRA) P1=500 va (HRC) P1=1400N ga teng bo’ladi.
Umumiy yuk (P0) va (P1) larning yig’indisiga teng, ya‘ni: 
 
Р = Р
0
 + Р
1
Namunaning qattiqligi namunaga asosiy yuk (P
1
) ta‘sir ettirilganda hosil bo’lgan iz 
chuqurligi (h) va dastlabki yuk (Р
0
) ta‘sir ettirilganda hosil bo’lgan iz chuqurligi (h
0
) ning 
ayirmasidan topiladi. 
Namunaning qalinligi uchlikning namunadan asosiy yuk (Р
1
) olingandan keyin botgan 
chuqurligidan kamida 8 marta katta bo’lishi lozim. Yuzada esa kir, moy, zanglar bo’lmay, tekis 
bo’lishi kerak. 2-jadvalda materiallarning qattiqligini o’lchashda indikatorning qaysi shkalasidan 
foydalanganligiga ko’ra namunaning eng kichik qalinlik o’lchami keltirilgan. Rokvell pressining 
sxemasi 2-rasmda tasvirlangan. 
2-rasm. Rokvell pressining sxemasi 
Namunani sinashdan oldin uning qattiqlik darajasiga qarab, shtok (1) ga uchlik (po’lat 
shar yoki olmos konus) 2 mahkamlanadi va tegishli yuk (7) qo’yiladi. Namunaga olmos konus 
qo’yilganda 1500 N yuk berilib, С (qora) shkala yoki 600 N yuk berilib, unda ham С (qora) 
shkala bo’yicha hisoblash olib boriladi. Ammo bu holdagi qattiqlik A shkalasi bo’yicha olingan 
qattiqlik deb ifodalanadi. Namunaga po’lat shar botirilganda esa 1000N yuk ta‘sir ettirilib
hisoblash В (qizil) shkala bo’yicha olib boriladi. 
Namunani sinashdan oldin uning qattiqlik darajasiga qarab, shtok (1) ga uchlik (po’lat 
shar yoki olmos konus) 2 mahkamlanadi va tegishli yuk (7) qo’yiladi. Namunaga olmos konus 


qo’yilganda 1500 N yuk berilib, С (qora) shkala yoki 600 N yuk berilib, unda ham С (qora) 
shkala bo’yicha hisoblash olib boriladi. Ammo bu holdagi qattiqlik A shkalasi bo’yicha olingan 
qattiqlik deb ifodalanadi. Namunaga po’lat shar botirilganda esa 1000N yuk ta‘sir ettirilib, 
hisoblash В (qizil) shkala bo’yicha olib boriladi. 
Nihoyat, krivoship (5) ishga tushirilgach, asosiy yuk avtomatik ravishda uchlikni 
namunaga botiradi. Natijada siferblat strelkasi ham burila boradi va to’xtaydi. Undan 
namunaning qattiqligi aniqlanadi. 
Shkala har bir bo’linmasi qattiqlikning bitta birligiga teng bo’ladi va uchlikning 0,002 
mm botishiga to’g’ri keladi. Shkalada 100 ta bo’linma bo’lib, uchlikning namunaga botish 
chuqurligi 0,2 mm bo’lganda, qattiqlik nolga teng bo’ladi. Uchlikning botish chuqurligi nol 
bo’lganda qattiqlik 100 birlikka teng, chunki siferblatdagi sonlar strelkaning aylanishiga teskari 
qo’yilgan. Uchlikning botish chuqurligi hisoblash qiymatiga teskari proporsional bo’ladi. 
Shuning uchun ham sinalayotgan materialning (namunaning) qattiqligi qancha yuqori bo’lsa, 
botirilayotgan olmos konus izining chuqurligi (h) kam bo’lib, qattiqlik birligi katta bo’ladi va 
aksincha namuna qanchalik yumshoq bo’lsa, botirilayotgan olmos konus izining chuqurligi (h) 
katta bo’lib, qattiqlik birligi kichik bo’ladi. 
GOST 9013-59 ga muvofiq materiallarning qattiqligi Rakvell usuli bilan aniqlanganda 
quyidagi formuladan foydalaniladi: 
А ва С shkalalarida o’lchanganda: 
HRA = 100 – e ва HRС = 100 – e 
В shkalasi bo’yicha o’lchangan: 
HRВ = 130 – e 
Formuladagi ℓ qattiqlik quyidagi formuladan aniqlanadi: 
002
,
0
0
h
h
е


h
0
- olmos konus izining materialga dastlabki (Р
0
) yuk berilgandagi chuqurligi, mm; h - 
konus izining materialga umumiy yuk (Р) berilgandagi chuqurligi, mm;
Demak umumiy holda:1 
002
,
0
130
0
h
h
HRВ



002
,
0
100
)
(
0
h
h
HRC
HRA



Shkala 
belgisi 
Uchlikning shakli 
Yuklama, N 
Rokvell belgisi 
Rokvellda 
o`lchash oralig`i 

B
C
Olmos konus
Po`lat sharcha 
Olmos konus 
600
1000
1500
HRA
HRB
HRC 
70 – 80
25 – 100
20 – 67 
Amalda materiallarning qattiqligi Rokvell usulida aniqlanganda yuqoridagi formulalardan 
foydalanmay, to’g’ridan - to’g’ri indikator shkalasidan tayyor qattiqlik son miqdori aniqlanadi. 
Bu usulda turli materiallarni: yumshoq, qattiq va yupqa materiallarni sinash mumkin 
bo’lganligi uchun undan sanoatda ko’p foydalaniladi. Bu usulning yana bir afzalligi sinash 
vaqtining kamligidir. 

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling