Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet101/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Yevropa qanday o’lkalarga bo’linadi?
2) Osiyo – chi?
3) Alp tog’larining tabiati qanday omillar ta’sirida tarkib topgan?
4) O’rmonli Karpat, planina, pushta qanday ma’nolarni anglatadi?
5) Karpat tog’larida asosan qanday hayvonlarni ko’rish mumkin?
Yangi mavzu bayoni:
Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng yirik tabiiy-geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qariyb 4 mln kv. km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qismida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joylashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshlanib, janubi-sharqda mo‘'tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha davom eiadi. Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik jihatdan Yer po‘stining eng qadimgi, nisbatan barqaror bo‘lgan Sharqiy Yevropa platformasida tashkil topgan. Platformaning yuza qismi hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan. Sharqiy Yevropa tekisligi xilma-xil boyliklarga ega. Krivoy-Rogdagi temir koni, Kursk magnit anomaliyasi, Pechora va Donetsk havzalaridagi toshko‘mir konlari, Volga-Ural rayoni va Pechora havzalaridagi neft konlari, Boltiqbo‘yidagi yonuvchi slanets konlari bunga yaqqol misoldir.
Bu o‘lkada balandliklar, kryaj lar, tekisliklar va pasttekisliklar keng tarqalgan. Masalan, Valday, O‘rta Rossiya, Volgabo‘yi qirlari, Donetsk, Timan kryajlari, Pechora, Dneprbo‘yi tekisliklari, Kaspiybo‘yi pasttekisligi kabi relyef shakllari mavjud. Ular o‘lka tabiatining xilma-xil bo‘lishiga ta'sir etadi. Sharqiy Yevropa iqlimining shakllanishida Atlantika okeanidan esadigan iliq va nam havo massalari hamda Arktika sovuq havo massalarining ta'siri kuchli. Shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi orta boradi. Tekislikning g‘arbida qish yumshoq (-6°, -8°C), sharqida sovuq (-10°,-20°N). Yoz oylari ko‘pchilik joylarda salqin (+18°,+22°C). O‘lkaning janubi-sharqiy qismida davomli jazirama issiq (+25°,+29°C) bo‘ladi. Yog‘inlarning yillik miqdori g‘arbdan sharq tomonga kamayib (800-600 mm) boradi. Eng kam yog‘ingarchilik (200 mm) Kaspiybo‘yi pasttekisligida kuzatilgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling