Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Geografik qobiqdan keyingi ikkinchi yirik tabiat komplekslari okeanlar va materiklardir


Download 1.14 Mb.
bet98/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Geografik qobiqdan keyingi ikkinchi yirik tabiat komplekslari okeanlar va materiklardir. Agar materiklar tabiatini sinchkovlik bilan tahlil qilsak, bir-biridan farq qiladigan qismlar - o‘lkalar borligini ko‘ramiz. O‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan tabiat komplekslarini ajratib, ular o‘rtasidan chegara o‘tkazsak, hududiy farqlari bo‘lgan tabiiy-geografik rayon (kichik o‘lka)lar namoyon bo‘ladi. Demak, tabiiy-geografik rayonlashtirish deganda, materiklarning bir-biridan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko‘ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo‘yicha ta'sir etadigan omillarning xususiyatiga e'tibor beriladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga asoslanib, Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko‘plab yirik va kichik o‘lkalar ajratilgan. Masalan, Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-G‘arbiy Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo yirik o‘lkalariga bo‘lingan. Shubhasiz, agar ushbu o‘lkalar tabiati yanada chuqurroq o‘rganilib, tahlil qilinsa, yirik o‘lkalar tarkibida bir-biridan hududiy farqlanuvchi kichik o‘lkalarni ajratish mumkin.


Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
1) Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalarini chegaralash va xaritadan topish
2) Yozuvsiz xaritaga tushirish


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 135 -137 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”


6-sinf Geografiya
Mavzu: O’rta Yevropa
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga O’rta Yevropa haqida umumiy nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish, axloqiy sifatlarni shakllantirish
v) O’quvchilarning O’rta Yevropa haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
2. Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling