O‘lka hududi mo‘'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Markaziy Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining markazida, Taklamakon va Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. O‘lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag‘riga 1000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. Yanvarning o‘rtacha harorati o‘lka shimolida -24°C (iyulda +16°C), markazida (Taklamakon cho‘lida) -8°C (iyulda +24°C), janubida (Tibet tog‘ligida) -20°C (iyulda +10°C) atrofida bo‘ladi. O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryolari Tinch va Hind okeanlariga quyiladigan daryolarning yuqori oqimidagi irmoqlaridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan ko‘pgina kichik daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joylashgan. Ko‘llaridan Lobnor (maydoni o‘zgarib turadi), Kukunor, Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur chuchuk ko‘llardir.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Kim qanday baho olmoqchi?”
1) Markaziy Osiyoni qaysi hududlar o’rab turadi? (5)
2) O’lkadagi keksa, lekin yoshargan tog’larni aytib bering? (4)
3) Markaziy Osiyo tog’larini sanab bering (4)
4) O’lkaning eng baland joyi qayer? (3)
5) O’lkadagi ko’llarni sanab bering (3)
6) O’lkaning eng past nuqtasi va uning chuqurligi qancha? (5)
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 143 - 144 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Janubiy Osiyo
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Janubiy Osiyo geografik o’rni va asosiy xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning Janubiy Osiyo haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |