Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet96/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yevrosiyo xalqlari.
Odatda, aholini xalqlarga ajratishda mezon vazifasini tili, tarixan an'ana bo‘lib kelgan madaniy-ma‘naviy merosi (urf-odatlari), turmush tarzi hisobga olinadi. Agar shu jihatdan yondashilsa, materikda juda xilma-xil xalqlar yashaydi. Jumladan, tiliga ko‘ra, Yevropa qit'asida yashaydigan yevropeoid irqidagi xalqlar, yuqorida aytib o‘tganimizdek, uchta yirik guruhga: german, roman, slovyan guruhlariga bo‘linadi.
Yevropa qit'asidan farqli o‘laroq, Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansub xalqlar yashaydi. Bu yerda yashaydigan xitoylar va hindlar dunyodagi eng ko‘p sonli xalqlardir. Turklar, turkmanlar, o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, ozarbayjonlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, boshqirdlar turkiy til guruhini tashkil etadi. Arablar Osiyoning janubi-g‘arbida tarqalgan. Eron guruhi xalqlariga forslar, tojiklar, afg‘onlar tegishli. Bundan tashqari, adabiyotlarda Osiyoning janubidagi orollarda yashovchi aholi, bir millatli davlatda yashaydigan yaponlar ham alohida til guruhlariga kiritiladi.
Yevrosiyoning siyosiy xaritasi.
Materikning siyosiy xaritasida taxminan 70 ga yaqin davlat bor. Ular maydoniga va aholisiga ko‘ra turlichadir. Jumladan, maydoniga ko‘ra yirik davlatlardan Rossiya (maydoni 17,1 mln kv. km), Xitoy (maydoni 9,6 mln kv. km), Hindistonni (3,3 mln kv. km), eng mitti davlatlardan Vatikan (maydoni 0,4 kv. km), Lixtenshteynni (maydoni 0,2 ming kv. km) ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p sonli aholisi bor davlatlarga Xitoy (1,3 mlrd), Hindiston (1033 mln atrofida), Indoneziya (206 mln ga yaqin), Rossiya (144 mln), Bangladesh (133 mln dan ortiq), Yaponiya (127 mln) kiradi. Bu davlatlarda Yevrosiyo aholisining yarmidan ko‘p qismi yashaydi.
Yevrosiyo siyosiy xaritasining shakllanishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi asrlarda Mesopotamiya (Vavilon), O‘rta dengiz sohillari (Yunoniston, Italiya), Xitoy, Hindiston va boshqa hududlarda qal'a-shahar , shahar-davlat lar shaklida davlatchilik paydo bo‘lgan. 1990 yildan so‘ng Yevrosiyoning siyosiy xaritasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bunga Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya, Chexoslovakiya davlatlarining parchalanib ketishi va yangi davlatlarning paydo bo‘lishi yaqqol misoldir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling