Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet92/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

O’quvchilarni baholash.Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 23 - 125 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.

Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”


Mavzu: Takrorlash
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga o’tilgan mavzular bo’yicha umumiy tushuncha va bilimlarni berish, umumlashtirish
b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning geografiya fani haqidagi tushunchalarni shakllantirish, xotirasini sinash
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2+
maktabda, mahallasida tabiatni asrash va ekologiyaga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
Aziz o'quvchilar, ushbu darsda 33 dan 51 gacha o'tilgan barcha mavzularni takrorlaymiz. Buning uchun sizga quyidagi testlar yordam beradi. Iltimos, savollarga diqqat bilan javob bering.

Krossvord


Начало формы




























1



2































3







































4
























5






7














6





























































Конец формы
Начало формы








1.Dunyodagi eng baland cho'qqi?
2.Havo haroratini o`lchaydigan asbob?
3.Atmosferaning eng pastki qatlami?
4.Shamolning kuchi va yo`nalishini o`lchaydigan asbob?
5.Havo bosimini o`lchaydigan asbob?
6.Erta bahor va kech kuzda kechasi havo harorati 0o dan pasayganda tushadigan yog`in turi?
7.Havo 0o dan past bo'lganda yog'uvchi yog'in?
8.Bulut hosil bo`lmasa ham yog`adigan yog`in turi?
Skanvord



M

F

E

D

CH

E

N

K

E

K

O

x

A

M

U

O

K

Y

N

u

O

B

D

A

A

I

G

a

N

x

e

R

S

P

G

A

Y

K

/////////

Y

V

O

L

B

A

A

L

O




Mekong
Kaspiy
Fedchenko
Volga
Xuanxe
Baykal
Ob
Amudaryo



O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlab kelish, yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
6-sinf Geografiya
Mavzu: Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
Quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Sovuq mintaqada qanday tabiat zonalari shakllangan?
2) Mo’tadil mintaqada qanday tabiat zonalari mavjud?
3) Chalacho’l va cho’l tabiat zonalari qayerlarda joylashgan?
Yangi mavzu bayoni:
Subtropik mintaqaning tabiat zonalari. Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar, subtropik aralash o‘rmonlar, subtropik chalacho‘l hamda cho‘llar zonalari shakllangan.
Subtropik o‘rmonlar va butazorlar zonasi Yevropaning O‘rta dengiz sohillari bo‘ylab joylashgan. Bu yerda yoz quruq va issiq, qish iliq (o‘rtacha harorat +5°, +7°C) hamda seryomg‘ir. Shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etadi. Doimiy yashil o‘simliklar issiq va quruq havoga moslashgan. Ularning barglari qattiq, yaltiroq, ba'zilari tuk bilan qoplangan. Yashil o‘simliklar tagida hosildor jigarrang tuproqlar rivojlangan. Past bo‘yli daraxtlar, mayda bargli tosh eman, yertut daraxti, mirta va boshqalar ko‘p tarqalgan. Madaniy o‘simliklardan anjir, anor, uzum, zaytun va sitrus mevalari yetishtiriladi.
Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Bu zona Yevrosiyoning janubi-sharqida musson iqlim ta'sirida hosil bo‘lgan. Bu yerda yoz nihoyatda sernamligi, qish esa quruqligi va salqinligi bilan ajralib turadi. Sernam o‘rmonlar uchun kameliya, kamforali dafna, paporotnik daraxtlari xosdir. Hayvonot olamida panda, qoplon, gibbon (maymun), tapir, piton ilonlari uchraydi.
Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalar mo‘'tadil mintaqa cho‘llaridan farq qilib, yozi ancha issiq, yomg‘ir kam yog‘adi. Lekin mo‘'tadil mintaqaning cho‘l o‘simliklari bilan o‘xshashligi bor. Bu mintaqadagi cho‘l va chalacho‘llari quruq subtropik cho‘llari deb ham ataladi. Nam subtropik mintaqasiga Qora dengiz qirg‘oqlari tipik misoldir. Quruq subtropik mintaqada iqlim sharoitiga moslashgan oq va qora saksovullar, shuvoq, yantoq, qum majnuntoli, erta bahorda lolaqizg‘aldoqlar, iloq va boshqa past o‘t-o‘simliklari barq urib o‘sadi. Hayvonlardan jayron, sayg‘oq, turli kaltakesaklar va ilonlar, kemiruvchilar, cho‘l burguti, kalxat, yovvoyi kaptarlar, toshbaqa, quyon, tulki, to‘qaylarda yovvoyi cho‘chqa, ondatra, yovvoyi mushuk, turli qushlar yashaydi. Cho‘llar qorako‘l qo‘ylari, tuyalar uchun yaxshi yaylov hisoblanadi.
Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Tropik mintaqada chalacho‘l va cho‘l zonalari hamda savannalar mavjud. Mo‘'tadil va subtropik mintaqalarning chalacho‘l va cho‘llariga nisbatan bu yerda harorat juda yuqori (iyulning o‘rtacha harorati +30°C ga teng), yog‘ingarchilik esa nihoyatda kam bo‘ladi. Arabiston yarimorolidagi Rub-el-Xali qumli cho‘li eng quruq va issiq joy hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlari kam. Arabiston cho‘llarida yovvoyi eshak - onagr, uchqur kiyik, yirtqichlardan sirtlon va chiyabo‘rilar uchraydi.
Tropik savannalar zonasi. Baland bo‘yli g‘allagulli o‘simliklar, siyrak o‘rmonlarda daraxtlardan sal (balandligi 30-35 m), tik, akatsiya va palmalar o‘sadi. Subekvatorial mintaqaga borgan sari savannalarda yog‘ingarchilik miqdori ortib boradi. O‘rmonlar maydoni ham kengayib boradi.
Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqa savannalar va fasliy nam o‘rmonlar zonasidan tarkib topgan. Savannalar Hindiston va Hindi-xitoy yarimorollarida joylashgan. Afrika savannalariga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham o‘t-o‘simliklar, daraxtlar (palma), paporotniklar, akatsiya, mangra (Gang deltasida) o‘sadi. Hindi-xitoy yarimorolida bambuklar ko‘p. Hayvonlardan fil, maymun, yo‘lbars, panda, yak, qoplon, jayron, timsoh, ilon va turli qushlar mavjud.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
128 – betdagi 23 – rasm xaritadan foydalanib, Yevrosiyo tabiat zonalaridagi o’simlik va hayvonlarni topish.
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 125 - 130 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Balandlik mintaqalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga balandlik mintaqalari haqida umumiy nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning dunyoqarashi va tasavvurini kengaytirish, fanga qiziqtirish
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
Yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling