Ko‘pyiilik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular yer osti suvi bilan tog‘ jinslarining muzlashidan hosil bo‘ladi. Ularning harorati doimo 0°C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi janubdan shimol tomonga ortib boradi (0-1500 m). Geyzerlar, buloq suvlari ham yer osti suvlarini tashkil etadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadilar
I shart
I guruh: Yevrosiyo daryolarining nomini avval daftarga yozadi, so’ngra atlas yoki xaritadan ko’rsatib beradi?
II guruh: Yevrosiyo ko’llarining nomini yozadi va ko’rsatadi.
II shart
Bu daryo va ko’llarning Yevropa yoki Osiyoga qarashli ekanligini topadilar.
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 121 - 122 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Yevrosiyo tabiat zonalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Yevrosiyo tabiat zonalari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish
v) O’quvchilarni fanga qiziqtirish, tasavvurini kengaytirish
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
Do'stlaringiz bilan baham: |