Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet87/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mavzu: Yevrosiyo ichki suvlari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Yevrosiyo ichki suvlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va axloqiy tarbiya berish, suvni tejashga o’rgatish
v) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Issiq iqlim mintaqalari deganda nimani tushunasiz?
2) Subtropik iqlim mintaqasida qanday iqlim tiplari bor?
3) Osiyoning janubi – sharqida qaysi iqlim mintaqasi uchramaydi?
4) Oraliq iqlim mintaqalarini ayting
Yangi mavzu bayoni:
Ichki suvlarini yer usti va yer osti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ularning geografik joylashishi birinchi navbatda iqlim va relyefga bog‘liq. Yer usti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo‘'tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Ular Sharqiy Yevropa, G‘arbiy va O‘rta Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo o‘lkalaridan oqib o‘tadi. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular - Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Qurg‘oqchil o‘lkalarda daryolar siyrak, nam iqlimli o‘lkalarda esa zich joylashadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling