Mavzu: Sovuq va mo’tadil iqlim mintaqalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilargaYevrosiyoning sovuq va mo’tadil iqlim mintaqalari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning geografiya fani yuzasidan tushunchalarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Yevrosiyo iqlim sharoitining kenglik bo’ylab o’zgarishiga sabab nima?
2) Yevrosiyoning iqlimi g’arbdan sharqqa nega o’zgarib boradi?
3) Relyefning iqlimga ta’sirini qanday bilish mumkin?
4) Yevrosiyo iqlimi xususiyatini belgilovchi omillarni ayting
Yangi mavzu bayoni:
Materikning shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda ham xilma-xil. Bu yerda arktika iqlim minlaqasidan to ekvatorial iqlim mintaqasigacha bo‘lgan iqlim mintaqalari mavjud. Sovuq iqlim mintaqasiga arktika va subarktika iqlim mintaqalari kiradi. Subarktika iqlim mintaqasi uncha katta bo‘lmagan polosani egallab, g‘arbda Skandinaviya yarimorolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom etadi. Subarktika mintaqasida iqlim Arktika mintaqasining iqlimiga nisbatan biroz iliqroq. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4°C dan +14°C gacha ko‘tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kunlar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200-400 mm atrofida yog‘in tushadi. Yog‘inlar ko‘proq qor shaklida, g‘arbda yomg‘ir holatida yog‘adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |