Sharqqa borgan sari dengiz havo massasining tarkibida namlikning kamaya borishi natijasida yog‘ingarchilik miqdori ham kamayadi, iqlimning kontinentalligi orta boradi , yoz oylarining harorati ko‘tariladi, qishning harorati esa juda pasayadi, natijada qish va yoz oylarining haroratlari o‘rtasida katta farq vujudga keladi.
Relyefning iqlimga ta'siri. Yevrosiyo yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri mo‘'tadil, janubiy yonbag‘ri esa subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Atlantika okeanidan keladigan sernam havo massalari yo‘lida to‘siqqa uchramay, materikning ichkari qismlarigacha kirib boradi. Lekin Kavkaz tog‘ining janubida tog‘lar to‘sib qoladi va yiliga 3 500 mm yog‘in yog‘adi. Qish oylarida ham Kolxida pasttekisligiga qor yog‘maydi. Sababi: Katta Kavkaz tog‘lari Arktikaning sovuq havo massalarini to‘sib qoladi. Bu yerlar nam subtropiklardir.
Yevrosiyo tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham o‘zgaradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Geografik diktant
1) Arabiston yarim orolida harorat _______________ ni tashkil etadi. (+32˚C)
2) Dunyodagi eng ko’p yog’in tushadigan joy ____________ rayonidir. (Cherrepunja)
3) Qish oylarida ham _________________ pasttekisligiga qor yog’maydi. (Kolxida)
4) Kavkaz tog’ining janubida yiliga _________ mm yog’in yog’adi.
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 115 - 116 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Do'stlaringiz bilan baham: |