Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Mo'tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan


Download 1.14 Mb.
bet84/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mo'tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan . U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo‘'tadil mintaqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘'tadil iqlim mintaqasining dengiz, kontinental va musson iqlim tiplari hosil bo‘ladi.Yillik yalpi quyosh radiatsiyasi miqdori mintaqaning shimolidan janub tomonga ortib boradi. Masalan, shimolda 1 sm2 ga 85 kkal, janubda 130 kkal quyosh energiyasi tushadi. Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladigan iliq havo massalarining ta'siri tufayli qish yumshoq, yoz salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0°C atrofida, iyulniki esa +15°C, +20°C ga teng. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1000 mm dan oshadi. Quyoshli kunlar yozda kam, bulutli va yog‘inli kunlar esa ko‘p bo‘ladi. Qishda qor kam yog‘adi va tez erib ketadi. Iqlimning bunday xususiyatlari mo‘'tadil mintaqaning dengiz iqlim tipiga xosdir. Mo'tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘'tadil mintaqaning musson iqlim tipini hosil qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Kim ko’p ma’lumot yozadi?”



Arktika iqlim mintaqasi

Subarktika iqlim mintaqasi

Mo’tadil iqlim mintaqasi










O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling