Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi


Download 1.14 Mb.
bet81/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Jadvlani to’ldirish

Yevrosiyo tog’lari

Yarim orollar

Orollar

Tekislik

Past tekislik
















Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil. Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevrosiyo hududining shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab juda katta masofaga cho‘zilganligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq. Quruqlikning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining o‘rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida bu harorat +12°C ga va janubida +28°C ga teng. Arabiston yarimorolida esa +32°C ni tashkil etadi. Qish materikning g‘arbida iliq, lekin shimoli-sharqida juda sovuq bo‘ladi. Ayniqsa Sibirda yanvar oyining o‘rtacha harorati -48°C gacha pasayadi. Ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda -71°C ga tushib ketgan. Shuning uchun bu yer Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» deb ataladi. Qish Yevropaning janubi-g‘arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq (+20°C) bo‘ladi.Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Masalan, O‘rta va Markaziy Osiyo hududlaridan qaysi tomonga yurishingizdan qat'iy nazar yog‘in ko‘payib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Cherrapunja rayonidir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga 12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856 yilda bu yerga 23 000 mm ga yaqin yog‘in tushgan. Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta'sirida bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘adi. qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi. Bunday iqlim sharoiti, ayniqsa, mo‘'tadil mintaqada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling