Yangi mavzuni mustahkamlash:
Berilgan relyef va atamalarning nima ekanligini toping
1) Mesopotamiya 2) Oltoy 3) Ural
4)Astraxan 5) Chotqol 6) Negara
7) Barguzin 8) Issiqko’l
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 132 - 133 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
6-sinf geografiya
Mavzu: Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning Yevrosiyo aholisi va xaritasi haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Antropogen tabiat komplekslari deganda nimani tushunasiz?
2) Qo’riqxona, milliy bog’lar qanday maqsadlarda tashkil etadi?
3) Tabiatni muhofaza qilish maqsadida nimalar qilinmoqda?
4) Qo’riqxona va milliy bog’lar nomini ayting
Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyoda 2001 yil hisobi bo‘yicha 4,6 mlrd kishi yashaydi. Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kv. km ga 75 kishidan ortiq) va o‘sishi bo‘yicha boshqa materiklarga nisbatan oldinda turadi. Aholining o‘sishi O‘rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi-sharqiy qismida yuqori bo‘lsa, Yevropada ancha ?ast. Aholining geografik tarqalishiga tabiiy sharoit va davlatlarning siyosati ta'sir etadi. Hindiston yarimoroli, Buyuk Xitoy tekisligi, Janubi-sharqiy Osiyo, Yevropada aholi zich, materikning shimoliy qismi, tog‘lar va cho‘llarida juda siyrak yashaydi. Yava oroli va Gang daryosi vodiysi hamda deltasida aholi juda zich joylashgan.
Yevrosiyoda, asosan, yevropeoid va mongoloid irqiga mansub bo‘lgan aholi yashaydi. Aholining deyarli yarmi yevropeoid irq qa tegishli.
Ularga Yevropadagi va Osiyoning janubidagi xalqlar (hindlar, arablar va boshqalar) taalluqli.
Mongoloidlar xitoylar, yaponlar, koreyslar, mo‘g‘illar, vyetnamlar, yoqutlar, nenetslar, qozoqlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |