Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi
Download 1.14 Mb.
|
Kons geo 6 - sinf
Yangi mavzu bayoni:
Materik iqlimi va relyefidagi farqlar tabiat zonalarining turlicha bo‘lishiga zamin yaratadi. Buyuk ko‘llardan shimoldagi tabiat zonalari kenglik bo‘yicha tarkib topgan bo‘lsa, janubdagi tabiat zonalari deyarli meridian yo‘nalishida joylashgan. Bunga asosiy sabab Golfstrim oqimi va relyef ta'siridir. Bunday holat boshqa birorta materikda kuzatilmaydi. Shimoliy Amerika tabiat zonalari quyidagi tartibda shimoldan janubga ketma-ket almashib keladi.Arktika cho‘llari zonasi Grenlandiya oroli va Kanada-Arktika arxipelagini egallaydi. Qishi juda sovuq (-35°C dan past), yozi salqin (+5°C dan past). Asosiy o‘simliklari mox va lishayniklar. Hayvonot olami oq ayiq, morj qo‘yho‘kiz oq yapaloqqush va boshqalardan tashkil topgan. O‘rmon-dasht va dasht zonalarining kashtan va qora tuproqlarida chalov, betaga, bizon o‘ti eng ko‘p uchraydi. Zonalarning shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o‘tlarning bo‘yi 1,5 m ga yetadi. Buyuk tekisliklarda o‘t-o‘simliklar ancha siyraklashadi, tikanli butalar, janubda, hatto dub, akatsiya kabi daraxtlar uchraydi. Asosiy hayvonlari bizon, bo‘ri, tulki, kiyik, skuns (badbo‘y), opossum, oqboshli burgut va boshqalardan iborat. Chalacho‘l va cho‘l zonalarining asosiy o‘simligi qora shuvoq, kaktus (bo‘yi 4-9 m), yukka (daraxtsimon doimiy yashil o‘simlik) qo‘ng‘ir-jigarrang tuproqlarda o‘sadi. Sudralib yuruvchilar (qora ilon) va kemiruvchilar, qalqondor lar yashaydi. Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasida qizil va qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Baland o‘t-o‘simlikli, kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar xos. Fasliy nam (musson) o‘rmonlar zonasi uchun ferrolit tuproqlar, eman, karib qarag‘ayi, palma, kiparis kabi o‘simliklar xos. Hayvonlardan alligator (timsohning bir turi), qora ilon, kurka, Nikaragua sohiilarida anakonda ilonlari yashaydi. Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hududini qamrab olgan. Kordilyera tog‘larini 40° sh.k. bo‘yicha sharqdan g‘arbga kesib o‘tilsa, dastlab dasht (Buyuk tekislikda), o‘rmon-dasht, keng va ignabargli o‘rmonlar, siyrak past egri-bugri daraxtli o‘rmonlar, baland tog‘ o‘tloqlari, qoyalar, qor va muzliklar birma-bir almashinib keladi. Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya, qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq, yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling