O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 101 - 103 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan
savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Shimoliy Amerika tabiat zonalari, balandlik mintaqalari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Shimoliy Amerika tabiat zonalari, balandlik mintaqalari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda ekologik va axloqiy tarbiyani berish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish,
xotirasini mustahkamlash
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2+
mavzuga doir tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish va ularning mazmunini tahlil qila olish.
Dars turi:
aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar
bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
“
Ha” yoki “Yo’q” o’yini
1) Kordilyera tog’ tizmalari Atlantika okeanidan esadigan havo massalarini to’sib qo’yadi. (Yo’q, Tinch okeani)
2.Materikda 6 ta iqlim mintaqalari tarkib topgan? (Ha)
3. Havzada eng yirik Katta Ayiq va Vinnipeg ko’llari joylashgan. (Ha)
4. Yer sharidagi eng kichik muzlik Xabbort muzligidir. (Yo’q, eng kattasi)
5. Niagara sharsharasining balandligi 148 m (Yo’q, 48 m)
6. Materikning eng yirik daryosi Missisipi (Ha)
Do'stlaringiz bilan baham: