Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet17/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yangi mavzu bayoni:
Atmosfera (yunoncha bug‘- havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta'sir etib turadi. Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining 99,5% i 80 km gacha bo‘lgan quyi qatlamiga to‘g‘ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib 1774 yilda fransiyalik olim A.Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78% azot, 21% kislorod va 1% inert gazlar uchraydi. Yer o‘ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor, Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyailari bilan farqlanadi. Quyi qatlam troposfera (yunoncha burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati dengiz sathida +14°C bo‘lsa, troposferaning yuqori chegarasida –55°C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80% i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8-9 km. Iqlimning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yog‘in miqdori va doimiy shamollar iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil – atmosfera bosimi va havo massalariga bog‘liq. Troposferaning bir xil xususiyatga ega bo‘lgan katta hajmdagi havolari havo massasi deb ataladi. Yuqori kengliklardagi yuqori bosim mintaqasida arktika va antarktika havo massalari tarkib topadi. Arktikada shimoli-sharqiy, Antarktidada esa janubi-sharqiy doimiy shamollar esadi.Uchinchi iqlim hosil qiluvchi omil – yer usti tuzilishi tabiat komplekslarining xilma-xil bo‘lishiga iqlim orqali ta'sir etadi. Bunda quruqlik va okean muhiti, okean oqimlari, qor va muzliklar, relyef shakllari (tekislik va tog‘lar) joy iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Iqlim mintaqalari. Iqlim mintaqalari havo massalarining kenglik bo‘ylab tarqalishiga bog‘liq holda tarkib topadi. Yer sharida jami 13 ta iqlim mintaqalari ajratilgan. Shulardan yettitasi asosiy va oltitasi oraliq iqlim mintaqalaridir. Asosiy iqlim mintaqalariga ekvatorial, tropik (2 ta), mo'tadil (2 ta) va qutbiy (arktika va antarktika) mintaqalar tegishli.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling