Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi
Download 1.14 Mb.
|
Kons geo 6 - sinf
Yangi mavzu bayoni:
Darslik mazmunan beshta qismdan iborat. Bular kirish, geografik qobiq, Dunyo okeani va materiklar tabiiy geografiyasi, dunyo aholisi va siyosiy xaritasidan iborat. Birinchi qismda darslikda nimalar o‘rganilishi, darslikning qisqacha mazmuni, atamalar, geografik xaritalar, atlaslar, globuslar haqida ma‘lumot beriladi. Bunda xaritalarning mazmuni va masshtabiga qarab turlarga bo‘linishi, atlaslar va globuslarni dastlab yaratgan olimlar, xarita, atlas, globuslardan foydalanish kabi masalalar haqida ma'lumot olasiz. Ikkinchi qismda geografik qobiqning xususiyatlari, chegaralari, rivojlanish qonuniyatlari, vertikal va gorizontal tuzilishi to‘g‘risida fikr bildirilgan. Shuningdek, unda geografik qobiq tabiiy geografiyaning o‘rganish ob'yekti va eng yirik tabiat kompleksi ekanligi, ozon pardasi, tabiat komplekslarining almashinishi to‘g‘risida bilim berilgan. Uchinchi qismda Dunyo okeanining qismlari va ularning materiklar tabiatiga ta'siri, Dunyo okeani tabiati, dunyo xo‘jaligida tutgan hozirgi va istiqboldagi o‘rni haqida ma'lumotlar berilgan. To‘rtinchi qismda materiklarni o‘rganish jarayonida mashhur dengizchilar, kashfiyotchi sayyohlar haqida, materiklarning tabiati, materik va orollarda qanday xalqlar yashashi, qanday davlatlar tarkib topganligi va hokazolar haqida ma'lumotlar olasiz. Geografik qobiq eng yirik tabiat kompleksidir. U tabiiy geografiyaning o‘rganish ob'yekti bo‘lib, uning tarkibiy qismi – materiklar va okeanlar ham alohida tabiat komplekslari hisoblanadi. Qadimdan Yer yuzasida quruqlik ko‘pmi yoki suvli maydonlar, degan savol munozarali bo‘lib kelgan. Mashhur dengizchi F.Magellanning Dunyo okeani bo‘ylab qilgan safari bu savolga aniq javob berdi. Hisoblarga ko‘ra, Yer yuzida oltita materik bor. Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiatining barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos bo‘lgan quruqlikdir. Afrikadan so‘ng Avstraliya, Antarktida, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi. Shuningdek, Yer yuzida oltita qit'a – Afrika, Avstraliya, Antarktida, Amerika, Yevropa va Osiyo ajratilgan. Okeanlar. Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qismlari okean deb ataladi. Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi: Tinch okean (maydoni 180 mln kv. km), Atlantika okeani (91 mln kv. km), Hind okeani (76 mln kv. km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln kv. km). Ba'zi olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar. Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling