Mavzu: Mavhum qaynash qatlami gidrodinamikasi
Download 1.65 Mb.
|
sultanbekAbatbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavhum qaynash egri chiziqlari.
Mavhum qaynash holatida mahsulot qatlamidagi zarrachalar turli yo`nalishlar bo`ylab siljib, intensiv aralasha boshlaydi (1- rasm, b-sxema). qatlamning erkin yuzasida to`lqinlanish va chayqalishlar kuzatiladi. Bu paytdagi qatlam holatining manzarasi Huddi qaynayotgandek ko`rinadi. Mavhm qaynash holatida zarrachalar qatlamining balandligi o`sadi va undagi bo`shliq hajm ulushi ortadi. Mavhum qaynash qatlamining strukturasi ishchi muhit turidan (gaz yoki suyuqlik) bog`liq bo`ladi. Tehnikada mavhum qaynash qatlami asosan gaz oqimida tashkil etiladi. Sanoat qurilmalarida turli jinsli qatlam holatlarini hosil bo`lishi qurilma va zarrachalarning shakli, o`lchami , zarrachalar va oqim zichliklarining nisbatiga, oqim tezligi va gaz tarqatuvchi to`rning turiga bog`liq bo`ladi. K soni qiymatini ortishi bilan qatlamning turli jinslilik darajasi ortadi. Bu paytda qatlamdagi gaz oqimi nafaqat uzluksiz oqim, balki pufakcha shaklida ham harakatlanishi mumkin (1-rasm, v-sxema). Harakatdagi gaz pufakchalari qatlamdagi zarrachalarning aralashuvini tezlashtiradi. Kelgusida, gaz sarfining ortishi bilan pufakchalar o`lchami qurilma diametrigacha kattalashuvi mumkin. Bu paytda gaz pufakchasi ustidagi zarrachalar qatlamining porshenli harakati kuzatiladi.Mavhum qaynash egri chiziqlari.Suyuqlik oqimi istalgan tezliklarda, faqat pastdan yuqoriga harakat qilgandagina, donador qatlam orqali suyuqlik harakati qonuniyatlari ushbu jarayon uchun taalluqlidir. Suyuqlik oqimining yuqori chegarasi qatlam qo’zg’almas holati bilan belgilanadi.5.1-rasmda qattiq zarrachalar qatlamining pastdan yuqoriga ko’tariluvchi oqim tezligiga bog’liqlik 3 holati tasvirlangan.Gaz taqsimlash to’ri orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, donador qatlam qo’zg’almas holatida qoladi (5.1 a-rasm). Bunda oqim tezligi o’zgarishi bilan qatlam (solishtirma yuza, g’ovaklilik va hokazo) ning xarakteristikalari o’zgarmaydi. Qatlam orqali o’tayotgan gaz (yoki suyuqlik) oddiy, filtrlanib harakatlanadi.Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling