Mavzu: maxsus fanlarini o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi reja
Pedagogik kvalimetriya va uning dolzarb muammolari
Download 31.37 Kb.
|
12-mavzu
Pedagogik kvalimetriya va uning dolzarb muammolari
Kvalimetriya - (lotincha quails - sifat, qadimiy yunoncha metros - o‘lchov) degan ma’noni anglatib, ob’ekt, mahsulot, jarayonlar sifatini miqdoriy baholash metodlarini o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar yordamida erishilgan natijani belgilovchi fan tarmog‘i. Kvalimetriya - tabiatdagi barcha ob’ektlarni va jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari va metodologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fan. Kvalimetriya fan sifatida o‘rganilishi va baholanishi lozim bo‘lgan ob’ektning sifatini belgilovchi hajm, birlik, shkala, talablar yordamida mazkur ob’ektning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlashni belgilangan va qabul qilingan o‘lchov jarayonini amalga oshirish nazariyasi asosida o‘rganadi. Hozirgi zamon nuqtai nazaridan kvalimetriyaning sifat ko‘rsatkichlari ikkita yirik guruh: tabiiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ajratib o‘rganiladi. Tabiiy ko‘rsatkichlar o‘z navbatida: o‘rganilayotgan ob’ektning fizikaviy, kimyoviy va biologik miqdor ko‘rsatkichlariga ajratiladi1. Ijtimoiy ko‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi voqeahodisalar, ishlab chiqarish va iste’mol mahsulotlari, pedagogik jarayonlar, shaxsning ijtimoiy va mustaqil hayotdagi mavqei va o‘rni, savodxonligi, tarbiyalanganlik darajasi, shaxs kamolotiga qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va baholashda tashxislash, ekspertiza, monitoring va pedagogik kvalimetriyadan foydalaniladi. Pedagogik o‘lchov nazariyasiga asoslangan kvalimetrik yo‘nalish o‘zining keng qamrovliligi, test jarayonining daxlsizligi, olingan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish, tahsil oluvchilarning rivojlanish darajasi va bilimlarni o‘zlashtirish sifati haqida qat’iy va aniq natijalar olish imkonini beradi. Nazariy kvalimetrik yo‘nalishda tashkil etiladigan nazorat an’anaviylaridan tadqiq etilayotgan obyektning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasi sifatini baholashda ko‘p miqdordagi axborot va miqdoriy baholash imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadi. Download 31.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling