Mavzu: maxsus fanlarini o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi reja


Download 31.37 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi31.37 Kb.
#1600099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu

Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda talabalarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida talabalar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
To‘g‘ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o‘qituvchi talabalarning o‘zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o‘z bilimlarini takomillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va ahloqiy rivojlanishiga ta’sir etadi.
Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganishda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2) har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha talabalarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish;
3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
4) talabalarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat.
O‘qitish vazifasi talabalarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda talabalarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Chunki guruhdagi boshqa talabalar javob berayotgan talabaning fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishadi.

Download 31.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling