Mavzu: Maxsus makatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarining o'ziga xosligi Mundarija
Download 74.99 Kb.
|
Tag`onova Guliza.kurs ishi oligo
O`yinning borishi: bolalar soniga qarab 2-3juft o`yinchoq olinadi. Past tovushga taqlid qilganda shivirlashga o`tib ketmaslik kerak. Tarbiyachi katta va kichik kuchukchalarni ko`rsatib, bolalarga shunday deydi: katta kuchuk vovillaganda baland ovozda akillaydi vov-vov-vov. Katta kuchuk qanday akillagan ekan. Bolalar baland ovozda vov-vov-vov deb aytadilar. Tarbiyachi o`yinni davom ettirib shunday deydi: kichkina kuchukcha past ovozda akillaydi. Bolalar past ovozda vov-vov-vov deydilar. Tarbiyachi har ikkala kuchuk o`yinchog`ini olib qo`yadi va shunday deydi:
Xozir juda ham diqqat bilan quloq solib o`tiringlar. Kuchuk paydo bo`lishi bilan siz vov-vov-vov deb aytasizlar, ammo adashib ketmanglar, katta kuchuk baland ovozda, kichkina kuchuk past ovozda akillaydi. Xuddi shu tarzda boshqa o`yinchoqlar bilan o`yin o`tkaziladi. Xulosa. Maxsus maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda mashg`ulot faoliyatining bosqichlarini farqlash, maxsus pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi, muloqotga ehtiyoj tug‘diruvchi muammoli vaziyatlarni yaratish, maxsus ravishda tanlab olingan va tizimlashtirilgan o`quv materiali asosida ish olib borish; ko‘rgazmali vositalarini keng jalb etish, shakllari va usullaridan tartibga solgan tarzda foydalanish, bolalarning holatini muntazam o‘rganish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni hisobga olish asosida ta’lim jarayoni tashkil etish muhim omillardan hisoblanadi. Maxsus maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga matematika o`rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usul va vositalarini tanlashda bolalarda shakllantirish kerak bo‘lgan ko‘nikmalar va qobiliyatlarning mohiyatini, ushbu ko‘nikma va qobiliyatlar jarayoni kechishi kerak bo‘lgan materialining xususiyatlarini, bolalarning nutqiga va bilishga oid imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo qiladi. Maxsus maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish mashg`ulotlari defektolog bergan tuzilma (konstruktsiya) namunasi, ularda foydalaniladigan mashq turlari bo‘yicha farqlanadi. Birdaniga butun gurux bilan, shu vaqtning o‘zida har bir bola bilan alohida ishlay oladigan mutaxassisgina ta’limiy, tarbiyaviy va korrektsion maqsadga erisha oladi. Tildan kommunikatsiya maqsadlarida foydalanish, maxsus o‘qitishda nutq faoliyatining bosqichlarini farqlash, maxsus pedagogik shart-sharoitlarning yaratilishi, muloqotga ehtiyoj tug‘diruvchi muammoli vaziyatlarni hosil qilish, tabiiy vaziyatlar va didaktik o‘yinlardan foydalanish, maxsus ravishda tanlab olingan va tizimlashtirilgan nutq materiali asosida ish olib borish; til o‘qitishning ko‘rgazmali vositalarini keng jalb etish, nutqning xilma-xil turlari, shakllari va usullaridan tartibga solingan tarzda foydalanish, bolalar nutqining holatini muntazam o‘rganish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni hisobga olish asosida o‘qitishni tashkil etish malakalarni amaliy egallashda muhim omillardandir. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling