Tuproqlarning element tarkibi
Download 94,49 Kb.
|
Tuproqdagi kimyoviy elementlar, ularning birikmalari va o‘simliklarga o‘tishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqlarning kimyoviy tarkibi va rangi
Tuproqdagi kimyoviy elementlar, ularning birikmalari va o‘simliklarga o‘tishi. Reja:
Tuproq hosil bo’lishi kimyoviy reaksiyalar va jarayonlarni ko’pchiligini birdaniga yoki ketma-ket sodir bo’lishi bilan bog’liq bo’lib bu sohada aniq va bir butun bu jarayonni to’la-to’kis xarakterlaydigan bir tizimli g’oya yo’q. Dastlabki eng yaqin tuproq-kimyoviy jarayonlar qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin. 1.Tuproqning organik va mineral komponentlarini transformatsiya jarayoni.
Bu bo’linishlar nisbiy bo’lib har xil hodisalarni o’z ichiga oladi, jumladan, transformatsiya jarayoni o’z navbatida parchalanishga aloqador kimyoviy reaksiyalar, sintez, minerallarning nurashi, erish reaksiyalarini, oksidlanish-qaytarilish, organik moddalar mineralizatsiyasi, gumifikatsiyasi va boshqalarni qamrab oladi. Elementlar va moddalar migratsiyalari esa tuproqning ichida, ustida sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, ellyuvial, akkumulyativ, illyuvial jarayonlarni o’z ichiga oladi. Alohida qatlam yoki profilni to’laligicha shakllantiruvchi individual jarayonlarga gillanish, lyossivajlar kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi murakkab bo’lib kompleks xarakterga ega, ya’ni biri bilan ikkinchisi bog’liq bo’lib tuproqni kimyoviy xususiy xossalariga aloqadordir. Bu jarayonlarga poliximizm, geterogenlik, polidisperslik, organo-mineral o’zaro ta’sir, tuproq jarayonlari dinamikasi, vaqt va masofada bir xil emasligi, jarayonlarning holatini bir xil emasligi, termodinamik qaytmasligi va boshqalar kiradi.
Tuproq ko’p fazali tizim bo’lib, fazalar orasidagi yuza bir xil yoki bir tekis emas, ularning ustida sorbtsiya, desorbtsiya jarayonlari sodir bo’ladi. Sorbtsiya va desorbtsiya organik va mineral komponentlar uchun xarakterli.
Tabiiy tuproqlar uchun sutkalik mavsumiy, yillik, asriylik va boshqa dinamikalar xarakterli. O’zgarishlar tuproqda vaqt va masofada doimo bo’lib turadi.
Bu tuproqdan ajratib bo’lmaydigan xususiyat bo’lib, boshlang’ich tuproq hosil qiluvchi omillarni bir xil emasligidan kelib chiqadi. Bu xilma-xillik tuproq hosil qiluvchi omillarning xossalari bilan birga o’zgarib boradi.
Tuproq ochiq termodinamik tizim bo’lib, u orqali doimiy ravishda energiya oqimi o’tib turadi, bu o’z navbatida muvozanat holatini saqlab turadi. Bu tuproqdagi kimyoviy jarayon kinetikasiga ta’sir qilib uni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Tuproqdagi barcha jarayonlarni tushunish uchun uning element va birikmalar (moddalar) tarkibini bilish maqsadga muvofiq. Download 94,49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling