Tuproqlarning element tarkibi


Tuproqdagi elementlarning guruhlari va bazi xususiyatlari


Download 94.49 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi94.49 Kb.
#1798824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuproqdagi kimyoviy elementlar, ularning birikmalari va o‘simliklarga o‘tishi

Tuproqdagi elementlarning guruhlari va bazi xususiyatlari


Shuni alohida qayd etish kerakki, tuproq amaliy jihatdan Mendeleev elementlar davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlarni o’zida mujassamlantiradi.
Tuproq o’zining element tarkibi va miqdorlari jihatidan o’zaro va landshaftni boshqa bloklaridan (4-5 jadval) farq qiladi. Tirik organizmlar asosan organogen elementlaridan tuzilgan ularning asosiy massasini C, Н, N, O, P, S tashkil qiladi, mineral komponentlar esa nisbatan oz miqdorda kiradi.
Individual minerallar odatda bir necha elementdan iborat bo’ladi. Oksidlar ikkita, silikatlarga 5-11 gacha, tuzlar 2-5 elementlardan tashkil topadi.
Odatda tuproq tarkibidagi barcha elementlar zaruriy hisoblanadi. Bu ko’rsatkich tuproqni birinchi farq qiluvchi xususiyatidir. Tuproqning ikkinchi xususiyati undagi uglerod va kremniy miqdorining yuqoriligi bo’lib bu o’z navbatida tuproq hosil bo’lishidagi o’simlik va tog’ jinsining rolini ko’rsatadi. Bunda uglerod asosan organik modda, ya’ni o’simlik va hayvonot dunyosi qoldig’idan tuproqda paydo bo’ladi. Kremniy tuproqni vujudga keltiruvchi asosiy poydevor elementi tuproqning uchinchi farq qiluvchi belgisi tuproq tarkibidagi elementlar juda oz miqdordan bir necha ko’p foizgacha bo’lishi mumkin.
Tuproqning kesma tuzilishidagi element tarkibida kuchli differensial organogen, elyuvial va karbonatli qatlamlarda bo’ladi.
Gipsli, arzikli tuproqlarda gips va arzikli qatlam ma’lum chuqurlikda, bir tekisda bo’lsa, bunday tuproqlarning shu qatlamlari ustida qator elementlar akkumulyatsiyalanadi.
Elementlarning miqdoriy ko’rsatkichlarini tebranish oralig’i xilma-xil bo’lishiga qaramasdan har bir element uchun aynan shu tuproqqa xos bo’lgan tipik konsentratsiyalari (Orlov, 1992) Si-26-44, Al-1-8, Fe-0,5-6, Ca-0,3-5, K-0,2-3, Na0,2-2, Mg-0,1-2, Ti-0,2-0,5, Mn-0,01-0,3, Co-0,5-4, N-0,05-0,2, P-0,02-0,1, S-0,020,2, H-0,04-0,2 mavjud.
Ko’pchilik hollarda tuproq tarkibidagi elementlar miqdori 0-50 sm yoki 1 metr qalinliklar uchun o’rta hisoblanadi.
Tegishli ma’lumotlarni bir metr qalinlikdagi tuproqqa nisbatan hisoblash uslubiy jihatdan juda to’g’ri emas. Lekin taqriban o’rtacha ma’lumotlarni olish uchun ishlatish mumkin. Ayniqsa bu o’rtacha gilli, korbanatli, gumusli qatlamlar, alohidaalohida ajralib turadigan tuproqlarda katta xatoliklarga olib keladi.
Elementlar miqdor va tarkib jihatdan tuproqni granulometrik tarkibiga ham bog’liq. Har xil granulometrik tarkibga ega bo’lgan tuproqlarda bu ko’rsatkichlar ham har xil bo’ladi. Masalan: kremniy miqdorlari yuqoridagi tuproqlar uchun 21,5-43,7%, alyuminiy miqdoriy ko’rsatkichining tebranishi esa 6,4-14%, temirniki esa 3-11,5% ni tashkil yetadi.
Har qanday tuproqning element tarkibi tuproqni granulometrik tarkibi, genezisi hamda shu elementning xususiyatlariga va boshqalarga bog’liq. Masalan: yengil tuproqlarda kremniy miqdori ko’p bo’lib qolgan elementlar miqdori kamayadi, bunday tuproq massasining asosiy qismini Si02 tashkil qiladi. Anorganik uglerod miqdori esa yuvilmaydigan, karbonatli jinslar ustida paydo bo’lgan tuproqlarga (bo’z) xos.
Oltingugurt miqdori ham anorganik uglerod kabi bo’ladi, ya’ni yuvilmaydi, gipsli tuproqlarda ko’pchilikni tashkil qiladi. Bu sohada qizil tuproqlar boshqalardan keskin farq qiladi, ya’ni unda kremniy miqdori keskin kamayadi, aksincha alyuminiyli va temirli moddalar ko’payadi. Tuproq bilan ona jinslarni solishtiradigan bo’lsak tuproq gumus va u bilan birga akkumulyatsiyalanadigan C, Н, N, O, P, S bioelementlarga boy. Mineral elementlar Fe, Al, Ca, Mg, K, Na va boshqa tirik mavjudotdagi nasldan naslga o’tish kabi ona jinsdan tuproqqa o’tgan, shuning uchun ularni tuproqdagi miqdori bilan ona jinsdagi miqdorlari orasida farq kam.
Tuproqdagi CaCO3, CaSO4, MgSO4, NaCl, NaHCO3 kabi oddiy tuzlar maxsus qatlamlarda to’planadi va yuviladigan suv tartibotiga ega tuproqlarda yuvilib kyetadi. Odatda bularning tuproqdagi o’rni shu tuproqning suv tartiboti bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Tuproq hosil qilish jarayonida elementlar va moddalarning differensiyasi faqat vertikal, ya’ni genetik qatlamlardagina bo’lmasdan gorizontal yo’nalishlarda ham sodir bo’ladi.
Karbonat, gips va gilli qatlamlarda, tuzlar va oksidlarning to’planishi darhol seziladi. Masalan, dasht zonasining tuproqlaridagi karbonatdan konkretsiyasi 60-80% CaSO4 dan iborat bo’lib Si miqdori 7-14%, Al esa 1-3% Fe, qolgan elementlar bir foiz, ya’ni Na, K, S, P lar juda oz miqdorni tashkil qiladi. Sohillardagi tuproqlarda uchraydigan temir-marganets konkretsiyalarida temir 7-25%, marganets 0,6-9% gacha bo’ladi.
Konkretsiyalarda ko’pincha lantanoidlar, mikro va ultro mikroelementlar to’planadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, sho’rlangan tuproqlarda, sho’rxoklarda elementlar assotsiatsiyasi va tarkibi, tarqalish qonuniyatlari sho’r bo’lmagan tuproqlardan farq qiladi. Buni biz o’tloqi saz sho’rhoklari misolida ko’rshimiz mumkin.
5-jadval

Download 94.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling