Mavzu: Medianing auditoriyaga ta'siri Reja: auditoriya nima?


Mediasavodxonlik OAV va AT


Download 188.17 Kb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi188.17 Kb.
#1318154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Medianing-WPS Office

Mediasavodxonlik

OAV va AT

MEDIASAVODXONLIK VA U NIMA UCHUN KERAK? 7 yil oldin Behzod 29 201

2015 yili har bir amerikalik internetda kuniga 8,4 soat o‘tirib, mediakontent bilan tanishgan bo‘lsa, filippinliklar bunga 10,6 soat, rossiyaliklar 4,6 soat, yurtimizda 1,6 soatni ajratishmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda internet foydalanuvchilarining soni 2,6 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda mazkur raqam 19 milliondan oshdi va shundan 7 million nafari mobil foydalanuvchilardir.

 Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi mediasavodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak?

Avvalo:

Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;

OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;

Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;


Download 188.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling