Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat
hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni
yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha
bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar
yuz bergan.
Birinchi informatsion inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga
bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O’z yozuviga ega bo’lgan
sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi
ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish
mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida
ahamiyatga ega bo’ldi.
Ikkinchi informatsion inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan
bog’liq.Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini
yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika
rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib,
umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.
Uchinchi informatsion iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan
bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul
qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining
debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa
vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
To’rtinchi informatsion inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va
Do'stlaringiz bilan baham: |