Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati
to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va
Download 325.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu evalutsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marshall Maklyuen (Kanada) o‘tgan
to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va
xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Yevropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir. O’zR FTDKning Davlat patent idorasida 1995 yil sentyabridan Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash bo’yicha Agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy mahsulotlar, shuningdek to’liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazadi. 1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontseptsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: Mazkur dasturda Vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me'yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. Milliy axborot hisoblash tarmog’i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o’zida namoyon etuvchi ochiq, tizim sifatida yaratilishi lozim. O’zbekistanda axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun quyidagi qonunlar ham qabul qilindi: “Hududiy axborotlash markazlarida, bosh axborotlash markazlarida axborotni muhofaza etish, hamda axborot but saqlanishi uchun mansabdor shaxslar javobgarligi qoidalari” (1996), “Axborotlashtirish to’g’risida” (2004), “Elektron raqamli imzo to’g’risida” (2004), “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida“ (2004),“Elektron tijorat to’g’risida” (2004). Fanlar akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali kadrlar ishlamoqda. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun zamonaviy axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik sub'ektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta'lim, texnika, ijtimoiy, iqtisodiyot va uni boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta'minlash kerak. Azaliy tushunchalar ma’no qatlami benihoya kengayib borayotgan zamonda yashayapmiz. “Madaniyat” atamasi ham ana shunday kengayuv, chuqurlashuv, rang-baranglashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Shaxsiy madaniyat, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati singari birmuncha tor bo‘lgan mavzular bilan cheklanish davri ortda qoldi. Endilikda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, bozor munosabatlari, dehqonchilik, tibbiyot, rahbarlik, siyosat va xalqaro munosabatlarning o‘z madaniyati bor, ya’ni “madaniyat” tushunchasidan xoli soha, tarmoq, jabha yo‘q. Hatto, har qanday jamiyat o‘zagini, demak, taraqqiyot yo‘sinlari umurtqasini madaniyat tashkil etishi isbot talab qilinmaydigan haqiqatga aylanib ulgurdi. Buni qarangki, axborotlashgan jamiyat, jamoatchilik bilan aloqalar (ommaviy kommunikatsiya) asr muammosi sifatida sertarmoq fan maqomiga ega bo‘la borayotgan hozirgi vaqtda axborot madaniyati hayot-mamot masalasi darajasiga ko‘tarildi. Atak-chechak qadam -tashlayotgan bolajondan tortib, asrni qaritgan bobo-buvilargacha shu “hayot-mamot” iskanjasida deyavering. Axborot madaniyati mazkur to‘rt bosqichli jarayon ichida eson-omon yashash hamda faoliyat yuritishga zamin yaratadi, doimiy yordamchiga aylanadi. Murakkabdan-murakkab, serqatlam axborot almashinuv jarayoni sohalar, jamiyatlar, mamlakatlar, mintaqalar va dunyo miqyosida keng ko‘lamlarda kechayotganini tasavvur qilib ko‘rsak, so‘z yuritilayotgan mavzuning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati naqadar ulkanligi ayonlashadi. Biroq mazkur haqiqatni to‘la anglashga tasavvurimiz hamda aql-idrokimiz imkoniyatlari qodirmikan? Qodir bo‘lmagani uchun ham inson bu qadar mislsiz, zalvorli yukni axborot vositalari zimmasiga yukladi. Gazeta, jurnal, kitob, radio, televideniye, telefon, faks, kompyuter, internet, mobil telefon sharofati bilan Yer yuzi mo‘jaz “qishloq”qa aylandi-qo‘ydi. Ikki dunyoni bir qadamga aylantirgan ham axborot, globallashuv jarayonlari maxraji, ustqurmasi ham axborot. Zamonaviy taraqqiyot, farovonligu farog‘atning noni, suvi, havosi ham shu! Sanab o‘tilgan axborot vositalarining ko‘zga ko‘rinmas changalidan tashqarida yashayotgan odam yo‘q hisobi. Ularning barchasi oddiy turmush tarzining ajralmas zaruratiga, ta’bir joiz bo‘lsa, tanamizning “a’zosi”ga aylanib bo‘ldi. Shu munosabat bilan g‘oyat qiziq va g‘alati holat vujudga keldi: yakka axborot vositalari, guruh axborot vositalari, ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin insonning axborotga bo‘lgan ehtiyoji yetarli darajada qondirilmayotgani ma’lum bo‘lmoqda, aksincha, axborot taqchilligi, yetishmovchiligi zo‘raygandan zo‘rayib bormoqda. Nega? Sabab nimada? Chindan ham shundaymi? Yangilikka o‘chlik boyagina olingan axborotning o‘sha zahoti eskirishiga olib kelmoqda. Hozirgina yuz mashaqqat bilan topgan yangiligimizni to‘la anglab-idrok etib ulgurmasimizdan chiqitga chiqaryapmiz. Bir qarashda, buning yomon tomoni yo‘q, ammo har bir yangilik ortidagi voqelik yuzasidan chuqur mulohaza yuritish, tosh-taroziga solish hamda hayotiy xulosalar chiqarishga bo‘lgan moyillik unutilib bormoqda. “Bu ahvolda internet to‘lqinlarida soat sayin “bolalayotgan” nashrlar shu tariqa yengil shov-shuvga o‘ch, shundan narini ko‘zlamaydigan, tahlilu mulohazalardan yiroq avlod vakillarini shakllantiruvchi “maktab”larga aylanib qolmasmikan?!” degan xavotir ham yo‘q emas. Ruhiyat bilan bog‘liq yana bir omil avj olayotir. Axborot oqimi shiddati ortgani sayin odamlarda individuallashuvga moyillik kuchaymoqda. Deylik, oiladagi ota-ona va uch farzandning har biri o‘zi istagan teleko‘rsatuvni tomosha qiladi, o‘zi yoqtirgan radioeshittirishni tinglaydi, ularning har birida alohida kompyuter, internet, mobil telefon. Ota o‘qiyotgan gazetaning o‘g‘ilga umuman qizig‘i yo‘q, qizi qo‘ldan qo‘ymaydigan suratli jurnalni ona varaqlab ham ko‘rmaydi. Shubhasiz, bu holni axborot oqimi hamda vositalari ta’sirida odamlarning yakkalanishi, deb ta’riflash mumkin. Ko‘plashib, oila davrasida emas, xonaga qamalib olib, yakka holda kompyuter ekraniga termulgancha hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish odati ommalashmoqda. Bunday yangiliklar milliy oila tutumlari, odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas. Aytib o‘tilgan axborot vositalarining har biri mo‘jiza, inson aql- idrokining mahsuli, ularning har biri bilimni oshirish, dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi, ularning ta’rifiga til ojiz. Biroq ularning barchasiga milliy-axloqiy qadriyatlarimiz, tafakkur va qalb tarbiyasi, qisqacha aytganda, komil inson tarbiyasi mezonlaridan kelib chiqqan holda yondashilsa, ko‘p savollar yo‘limizda ko‘ndalang bo‘ladi. Teletomosha hamda radio tinglash madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo‘ymoqda. Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo‘lgan mashhur Marshall Maklyuen (Kanada) o‘tgan Download 325.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling