Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati


Download 325.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana08.03.2023
Hajmi325.54 Kb.
#1252575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu evalutsiyasi

2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi 
ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1jadvalda ko’rish mumkin. 
Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda 
foydalanishning muhimligini e’tirof etadi. 

Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish

Axborotni izlash va unga egalik qilish

Axborotni baholash

Axborotni tizimlashtirish

Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish

Axborotni uzatish

Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan foydalanish


Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha 
ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va 
funksiyalarini tushunish.

Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan shartsharoitlarni tushunish

Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy 
baholash

Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun
o’zaro hamkorlik qilish

Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu jumladan
AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish
Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish 
sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun 
medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot 
savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan 
qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish 
bilan bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy 
maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida 
ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning 
tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar. Ammo YUNESKOning xalqaro 
ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning 
o’zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
– Media savodxonlik;
– Axborot savodxonligi;
– O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi 
–Kutubxona savodxonligi;
– YAngiliklar savodxonligi;
– Kompyuter savodxonligi;
Internet-savodxonligi;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
– Kinosavodxonlik;
– Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi; 
–Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik. 
Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli xil bahslarga sabab 
bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga 
qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi: 
-Media savodxonlik;
– O’z fikrini erkin bayon etish; 
– Kutubxona savodxonligi;
– Yangiliklar (axborot) savodxonligi;
– Internet-savodxonlik;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, 
elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);


– Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar 
mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik 
hamda axborot savodxonligini o’z ichiga oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida 
ushbu ikki yondashuv uyg’unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi. 
1. MAS bo’lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi.
2. MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar 
beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun zarur 
bo’ladigan, ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun zarur 
bo’lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.
3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va 
ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi. MASning afzalliklaridan to’la- qonli 

Download 325.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling