Iqtisodiy klass mehmon-xonalar
|
Kichik (150 o‘ringacha) yoki o‘rta (300 o‘ringacha) sig‘imga ega korxona. Magistrallar yakunida joylashadi. Xizmatlar to‘plami cheklangan oddiy va tez xizmat ko‘rsatishi bilan xarakterli. Iste’molchilarni-to‘liq pansionga muhtoj bo‘lmagan va iste’mol qilingan xizmat turlariga naqd xaq to‘lashga intiluvchi biznesmenlar va individual turistlar.
|
| |
Kurort- otellar
| |
Sig‘imi bo‘yicha sezilarli ajralib turadigan korxonalar. Mehmonnovozlikning barcha xizmatlari to‘plamini taklif qiladi.
| |
Motel
|
Avtomagistrallar bo‘yida shahar qurilishlariga tutash joylashgan oddiy yoki ikki qavatli inshoot. Kichik yoki o‘rta korxona (400 o‘ringacha).
|
«Tunash va
nonushta» tipidagi
xususiy
mehmon.
|
Ushbu tip mehmonxonalar AQSHda keng tarqalgan. Ular kichik, ba’zan o‘rta sig‘imga ega mehmonxonalardir. Shahar chekkasida yoki qishloq joylarda joylashgan. Xizmatlarga odatda uy sharoitida nonushta va engilgina kechki ovqatlanish kiradi. Mijozlar uy sharoitiga intilgan tijoratchilar va turistlardir.
|
Otel garnilar
|
Mijozlarga cheklangan miqdorda xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona. Joylashtirish va qit’aga xos nonushta taklif qiladi. Alohida mamlakt lar uchun o‘ziga xos korxonalar tiplari xarakterli, geografik joylanish iqlim sharoiti, boshqa qator omillar ta’siri, eng muhimi tarkib topgan talab xususiyatlari hisobga olinada.
|
Mehmonxonalar quyidagi joylarda joylashtirilgan bo‘lishi mumkin:
shahar markazida va chekkasida. Ishbilarmonlikka mo‘ljallangan deyarli barcha mehmonxonalar markaziy hisoblanadi-lyuks otellar, o‘rta klass mehmonxonalar;
dengiz va okean buylarida. Ushbu holatda dengiz va okean suvigacha bo‘lgan masofa juda muhim hisoblanadi (50,100,150,200,300 va undan ko‘proq metr);
tog‘ va yonbag‘irlarida. Odatda bular xushmanzara tog‘li joyda, turistik yo‘nalishda joylashgan dam olish uchun ko‘proq qulay, uncha katta bo‘lmagan mehmonxonalardir. Tog‘ va tog‘ yonbag‘ridagi mehmonxonalarda odatda mehmonlarni yozda va qishda dam olishlari uchun barcha zarur jihozlar mavjud bo‘ladi (masalan, ko‘targichlar, alpinistlar va tog‘ chang‘isi jihozlari va boshqa).
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |