Mavzu: 17. Ovqatlanish korxonalarini dasturxon, mayishiy texnika, choyshablar bilan jihozlash
Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish faoliyatidan biroz farq qiladi. Restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgan ko‘pgina mehmonlar ehtiyojini qondirsin, hatto bu restoranga bazi hollarda foyda keltirmasa ham. Mehmonxona mehmonlarining 70% tushlik, 50%ga yaqini kechki ovqatni mehmonxona restoraniga qilmaydilar. Restoran daromadining uchdan ikki qismini chetdan kirgan xo‘randalar olib keladi. Bundan shuni xulosa qilish kerakki, mehmonxona restorani tashqaridan alohida kiradigan eshikka va avtomobillar to‘xtash joyiga ega bo‘lishi kerak.
XX asrning 50 yillarigacha mehmonxona restoraniga ikkinchi darajali foyda keltiruvchi manba deb qaralar edi. Bazida u mehmonxona egasiga ortiqcha yukdek tuyulardi. Restorandan ko‘rilgan zararni nomer fondidan
keladigan foyda Bilan qoplash mumkin deb hisoblanardi. Boshqa tarafdan mehmonxona mijozi restorandagi ovqatni sifati past deb hisoblab tashqarida ovqatlanar edi. Atrofimizdagi muhit bu ijtimoiy-ruhiy, madaniy-tashkiliy tartiblar kategoriyasida va bu odamdagi shaxsiy baxtni shakllantiradi. Ijtimoiy muhitning buzulishi ruhiy diskomfortga olib keladi. Mehmonxona xo‘jaligi xavfsizligi va joylashishi maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Mehmonxonada o‘tkazilgan har bir soat, kun ruhiy sokinlik olib kelishi zarur. Bunday xizmat ko‘rsatish darajasiga erishish nomer fondini boshqarish xizmati bilan bog‘liqdir. Uning tashkiliy pritsipi: ogohlantirilganlik va tezkorlik. Bu prinsiplarni tahlil qilishda asosiy tushuncha ya’ni “joylashish muddati” muhim ahamiyatga ega. Mazkur me’yoriy kategoriya ijtimoiy madaniy va iqtisodiy planda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Barcha nomerlar band bo‘lgan paytda bu xizmat, ayniqsa, silliq va bir tartibda ishlash kerak. Kichik bir xato konflikt holatni keltiri chiqarishi mumkin. Bu holatning iqtisodiy zararli tomoni ham bor. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishi ko‘payib, nomerlarni yangituristik guruh uchun tayyorlab qo‘yish, sanitar-gigiyenik uskunalar ekspluatatsiyasi profilaktikasining sifatlari pasayshiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |