Mehnat resurslari balansi va uning ahamiyati. - Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi.
- Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
bunda:
MM= MR -B - INFA ,
MM-ishga joylashtirishga muhtoj, band bo’lmagan aholi (ishsizlar) soni;
MR -mehnat resurslari soni; B – band aholi soni;
INFA - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi soni.
Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig’indisi sifatida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: - Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig’indisi sifatida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
MR = MLA + IO`P , - bunda:
- MLA -mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni;
- IO’P-ishlayotgan o’smirlar va pensionerlar soni.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni(16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni(16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: - MLA = E(16-60) + X (16-55) - Nog - Pi ,
Do'stlaringiz bilan baham: |