Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat) Reja
b) Ona tili, o‘qish, matematika, texnologiya darslari integratsiya qilinsa ham yaxshi natijaga erishiladi
Download 1 Mb.
|
M7 Tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona-tili darslarini texnologiya darslari bilan integratsiyalash
- Tabiatshunoslik darsini texnologiya darsi bilan integratsiyalash.
- Fanlarni integratsiya qilib dars o‘tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak
- Aqliy va jismoniy mehnat turlarini integratsiyalash.
b) Ona tili, o‘qish, matematika, texnologiya darslari integratsiya qilinsa ham yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o‘quvchi darsni yaxshi tushunadi. Masalan, “Kuz” mavzusi o‘tilsa, mavzu o‘qiladi, tushuntiriladi, hosil yig‘ib olishga doir masalalar echiladi, mehnat darslarida mevalarni yasash mumkin. Shunda esa darsni mukammal o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratadi.
Masalan: Bog‘da o‘quvchilar birinchi kuni 35 kg, ikkkinchi kuni 45 kg olma terishdi. Hammasi bo‘lib necha kg olma terishdi? 35+45=80 javob: 80 kg. Bu masala asosida mevalar rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning o‘zida kuz haqida o‘rgandi, mevalar haqida bildi va rasm chizdilar, kuz mevalari haqida masala yechdilar. Shunday qilib o‘quvchi birgina integratsiya darsida juda ko‘p ma`lumotlarga ega bo‘ladi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar deb o‘ylayman. Matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslari mujassamlashtirilsa foydadan holi bo‘lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol yechish, narsalar yasash bular hammasi darsni yaxshi chiqishiga olib keladi. s) Ona-tili darslarini texnologiya darslari bilan integratsiyalash ham qiziqarli, ham o‘ziga xosdir. Bunda ham, ona-tili darslarini tasviriy san'at darslari bilan integratsiyalashgan kabi darsni ayrim qismlarini, yoki, uning boshida integratsiyani amalga oshirish mumkin. Ko‘pincha, o‘qituvchilar mehnat darslarida plastilindan, qog‘ozdan foydalanadilar. d)Tabiatshunoslik darsini texnologiya darsi bilan integratsiyalash. Tabiatshunoslik darslarida bolalar qushlar hayoti bilan yaqindan tanishadilar: qishda issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlarni aniqlaydilar, yovvoyi o‘rdak, qaldirg‘och va turnalarning tashqi ko‘rinishi, ovqatlanishi, ko‘payishi bilan tanishadilar. Ularning nima uchun issiq o‘lkalarga uchib ketishlari, bu parvozga qanday tayyorgarlik ko‘rishlari, parvozni qanday tartibda amalga oshirishlari, qachon bola ochishlarini o‘rganadilar. Xuddi shu darsda o‘quvchilar qushlar haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishgandan so‘ng qushcha maketini yasashga kirishadilar. Eng birinchi qilinadigan ish tomonlari: -10sm bo‘lgan kvadrat shaklida qog‘oz olinadi. Kvadrat shaklidagi qog‘ozni buklash usullari orqali 16 ta kvadrat, 32ta uchburchak chiziqlari hosil qilinadi. -hosil bolgan buklash chiziqlari orqali kvadrat shakli teng ikkiga buklanadi. -hosil bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuqori va pastki tomonlarini ichki qismiga buklab uchburchak hosil qilinadi -hosil bo‘lgan uchburchakni burchaklarini ikki yon tomonga tortib burchak hosil qilinadi. Xuddi shu bosqich hosil bo‘lgan shaklning pastki qismida ham bajariladi. Hosil bo‘lgan shaklni orqa tomoniga teng ikkiga buklasak qo‘shqayiq maketining shakli hosil bo‘ladi. Uchburchakning bitta uchini o‘nga qarama qarshi bo‘lgan ikkinchi tomonidagi uchiga birlashtiramiz, natijada qo‘shqayiqning o‘rtasida qolgan bitta uchi o‘z-o‘zidan yuqoriga ko‘tariladi. Yelkanli qayiqning yelkan qismini orasini ochib uchburchak shakliga keltirib teskarisiga buklasak, ikkita qo‘shaloq burchagini pastga qaratib ushlasak qushchaning shakli hosil bo‘ladi. Qushlarga ozor berish, inlarini buzish mumkin emasligini, inidan tushib ketgan qushlarni uyga olib kelish noto‘g‘ri ekanligi haqidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar. Shu mazmundagi darslarda tabiatga munosabat odobini tarbiyalashga xizmat qiladigan san'at asarlaridan foydalanish o‘quvchilar hissiyotiga kuchli ta'sir etishi bilan birga ularda tabiatga munosabat odobini ham tarbiyalaydi. Fanlarni integratsiya qilib dars o‘tilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak: - har bir dars muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. - fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo‘shimcha material o‘tiladigan mavzu bilan bog‘lanishi shart. - sinf o‘quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo‘llarini aniqlash mumkin. Dars faqat ta`limiy bo‘lib qolmasdan, o‘quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavzuni mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. Boshlang'ich maktablarda o'qitish va tarbiyalash integrasiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazardan juda muhim bo'lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Aqliy va jismoniy mehnat turlarini integratsiyalash. Mehnat inson hayotini bezaydi. Biz ishlatayotgan bu yumlar, kiyimlar, iste’mol qilayotgan taomlar barchasi kimningdir mehnati tufayli yuzaga keladi. Insonning qo‘li – gul. U istasa, toshda gul undirishi, oddiy loydan bejirim buyumlar yasashi mumkin. Mehnat turlari ikkiga bo‘linadi aqliy mehnat turi va jismoniy mehnat turiga ajratiladi. Jismoniy mehnat turlariga qo‘l mehnat i bilan bajariladigan mehnat ishlari kiradi. Jismoniy mehnat turida qo‘l, oyoq muskullari harakat qiladi. Bu sog‘ligimiz uchun ham foydali. Jismoniy mehnat turiga plastilin bilan ishlash, loydan turli xil buyumlar yasash, xona gullariga qarash(tagini yumshatish, suv quyish), maktab hovlisida ishlash(hovlini supurish, ko‘chat ekish, gul ekish, yerlarni yumshatish, daraxtlarni oqlash kabi ishlar) kabi mehnat ishlarini misol keltirishimiz mumkin. Masalan, loy bilan ishlash darsidan misol keltiramiz. Dars uchun kerakli loy bir kun oldin tayyorlab qo‘yiladi. 3 kg yoki 5 kg gacha bo‘lgan sof tuproq olib, kesaklari maydalanadi, chelakka solib, ustiga suv quyib, ertalabgacha ivitib qo‘yiladi. Yaxshi ivigan bu loy ertalab yog‘och yoki qo‘l bilan obdon qoriladi, natijada biror buyum yasash uchun yaroqli, yaxshi pishitilgan, muloyim loy hosil bo‘ladi. Loy qurib qolmasligi uchun uni chelakka solib, ustiga ho‘l latta yopib qo‘yish kerak. O‘qituvchi bolalarga loyni ko‘rsatib (bir necha xilini ko‘rsatilsa juda ma’qul bo‘ladi), uning asosiy xususiyatlarini ya’ni loy tabiatda ko‘p topiladigan material ekanligini uning quriganda toshdek qattiq bo‘lishini, ivitilganda yumshoq va cho‘ziladigan, muloyim bo‘lishini, undan har xil buyumlar yasash mumkinligini va o‘ziga berilgan shaklni yaxshi saqlab qolishini o‘quvchilarga alohida tushuntiradi. Buyumlar yasash uchun sof tuproq bo‘lmagan taqdirda hamma joyda topiladigan oddiy tuproqdan foydalanish mumkin. Bu tuproqni tayyorlashdan oldin uning kesaklarini maydalab, qum va toshlardan tozalash kerak. Tozalangan tuproqqa suv qo‘shib aralashtiriladi. Aralashma yaxshi aralashishi uchun oz miqdorda yog‘ va maydalangan qog‘oz aralashtiriladi. Tayyorlangan loy ustiga ho‘l latta yopib qo‘yiladi. O‘qituvchi loy bo‘lagini pichoq yoki bir panchasi bilan taxminan har biri 50–60 gr kichik bo‘laklarga bo‘ladi. Navbatchilar bu bo‘laklarni o‘quvchilarga ulashib beradi. O‘qituvchi shar hosil qilish uchun loyni kaftlar orasiga olib, qanday dumoloqlash kerakligini ko‘rsatib beradi. So‘ngra o‘quvchilarga shakli boshqa 2–3 xil olmalar (mulyajlardan) ko‘rsatiladi. Bu namunalar ko‘zga ko‘rinadigan joyga qo‘yiladi. O‘qituvchi bolalarni guruhlarga (masalan, partalarning qatoriga qarab) bo‘lib har qaysi guruhlarga loy bo‘laklari tarqatiladi. O‘qituvchi parta oralarida aylanib yurib o‘quvchilarga olmani qanday yaratish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berib turadi. Eng yaxshi ishlangan namunalarni butun sinfga ko‘rsatiladi. O‘qituvchi loydan yasalgan buyumlarni mayda detallarga ishlov berish uchun eng oddiy yog‘och qalamdan foydalanish usullarini ko‘rsatadi. O‘qituvchi bolalarning yasagan buyumlarini shaklini analiz qila olish va uning ayrim qismlarining katta-kichikligi jihatidan bir-biriga nisbatan farqlay olish qobiliyatini o‘stirishga alohida e’tibor beradi. O‘qituvchi bolalarga uyda loydan buyum yasab kelishni topshiradi, shakli murakkab bo‘lgan buyumlar yasashga berilib ketmaslik to‘g‘risida maslahat beradi va tozalikka hamda tartibga rioya qilib, puxta ishlashni tavsiya etadi. Ko‘rib turganimizdek ushbu dars turini ham tabiatshunoslik fani bilan integratsiyalashimiz mumkin. Dars jarayonida tuproq to‘g‘risida, uning turlari, qanday qilib loy hosil qilish mumkinligi to‘risida ma’lumot berib ketamiz. Tuproq osti qatlami nimalardan tashkil topiladi degan qiziqarli savollarga javob topishimiz mumkin va kerakli ma’lumotlardan so‘ng ishni boshlashimiz mumkin. Plastilin bilan ishlash ham huddi shunday. Bu ham jismoniy mehnat turiga kiradi. Plastilin bilan ishlashda ham bosqichma-bosqich o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan, tozalikka e’tibor bergan holda ishlashimiz kerak. Aqliy mehnat turiga aqlan o‘ylab, fikrlab bajariladigan mehnat ishlari kiradi. Masalan, rangli qog‘ozlar bilan ishlash(applikatsiya tayyorlash, turli xil hayvonlar maketlarini yasash), chiqindi materiallari bilan ishlash, tikish, bichish kabi mehnat turlarini misol keltirishimiz mumkin. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling