Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat) Reja


Download 1 Mb.
bet1/6
Sana03.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1672310
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M7 Tex


Mavzu: Mehnat fani darslarida integratsion yondashuv (4 soat)
Reja



  1. Integratsiylashgan ta'limning o'ziga xos xususiyatlari.

  2. Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xusysiyatlari.

  3. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.

Tayanch tushunchalar: modellashtirish, integratsiya, fazoviy tasavvur, konstruksiya, yondashuv, metod, usul, didaktik, aqliy va jismoniy mehnat.



  • Integratsiylashgan ta'limning o'ziga xos xususiyatlari.

  • Boshlang‘ich maktablarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolarini nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazaridan juda muhim bo‘lib yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda ham rivojlanish va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqadigan talablar maktab ta`lim oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Chunki, maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning ko‘pligi va murakkabligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli ya`ni fragmentar dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon fanida esa iqtisodiy – ijodiy va madaniy fanlar integratsiyalashga moyillik yuqori turadi.

  • Integratsiyalashgan darslar bolalar dunyo qarashida bir butunlikni tabiatni anglab yetishga o‘rgatadi. Shuni alohida xisobga olish kerakki maktablardagi boshlag‘ich sinflarda darslarni integratsiya bog‘lanishlari ilmiy jihatdan juda kam ishlab chiqarilgan. Mavzuga turli fikrlar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiyalar muammosi hamon olimlarimiz o‘rtasida baxsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

  • Boshlang‘ich maktablarda o‘qish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtai nazaridan juda muhim bo‘lib yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqadigan talablar maktab ta`limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida modellashtirish darslarini integratsiya usulida o‘quvchilarga tushuntirish yaxshi samara beradi. Avvalo biz model so‘zining ma’nosi haqida qisqacha tushunchaga ega bo‘lsak.
Model ko'p ma'noli so'z bo'lib, turli bilim sohalarida, ishlab chiqarishda, texnikada ishlatiladi. Model deyilganda, keng ma'noda ilmiy, amaliy va sport maqsadlarida haqiqiy obyektni qayta tiklaydigan qurilma tushuniladi. O'quvchilar bilan ishlashda o'quv modeli ko'rgazmali vosita bo'lib xizmat qiladi va u obyekt yoki uning biror qismini bir necha marta soddalashtirilgan o'lchovda qayta tiklaydi. Oddiy qilib aytganda, o'quv modeli — bu haqiqiy obyektning nusxasi bo'lib, uning tuzilishi haqida yetarlicha tasvvur beradi. Birinchi holda model nusxa, ikkinchi holda stilizatsiyalangan hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, asosan, stilizatsiyalangan modellarni bajarishadi. Maket modelning bir turi hisoblanadi. Bir so'z ba'zi ma'no ottenkalariga ega. Masalan: kitob, teatr bu dekoratsiyalarining maketi. Qurilishlar, ansambl, shahar modellari maket deb ataladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling