Mavzu: Mehnatni normalashtirish asosi


Xorazm viloyati tuproqlari mexanik tarkibi kartasi


Download 33.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi33.2 Kb.
#1408540
1   2   3
Bog'liq
Karta va atlaslar seriyalari bilan ishlash

Xorazm viloyati tuproqlari mexanik tarkibi kartasi 


Landshaft kartalarini tuzish 
Landshaft kartalari turli toifa va taksonomik qiymatdagi tabiiy 
hududiy majmualar – landshaftlarni grafikli tasvirlash natijasi 
hisoblanadi. Tabiiy hududiy majmualar deganda, atrofmuhit bilan 
ko’plab to’g’ri va teskari aloqadorliklarga ega bo’lgan murakkab 
dinamik tizimlarni tushunamiz. Landshaft kartalarini o„rganish 
tabiiy muhitning tabaqalanish omillari va qonuniyatlari, turli tabiiy 
genetik va dinamik aloqalar haqida tushunchaga ega bo’lishga 
imkon beradi. Landshaft kartalari fan va ishlab chiqarishning ko’p 
masalalarini hal etish uchun zarur. Ular hududni majmuali 
o’rganish, sog’liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish ishlarida keng 
foydalaniladi. Hozirgi paytda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan 
baholash va bashoratlash landshaft kartalari tuzilmoqda. Ular soha 
kartalarini tuzishda muvofiqlash ishlariga ham jalb qilinadi. 
Kartalarni tuzishning mazkur uslubi landshaftni geotizim ekanligi
uning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va 
aloqadorligiga asoslanadi.


Landshaft kartalari turli masshtablarda tuziladi: yirik, o’rta va mayda. 
Mayda masshtabli kartaga olish ishlari kameral sharoitda olib boriladi. 
O’rta va yirik masshtabli kartalarni yaratish esa, to’liq dala s’yomka 
kuzatish ishlari, landshaft profillari va statsionar kuzatishlar natijasida 
bajariladi. Mayda masshtabli tadqiqotlarda regional ko’lamdagi tabiiy 
hududiy majmualarning landshaft tuzilishi, jumladan, ichki va tashqi 
hududiy, genetik, dinamik hususiyatlari, zamondagi bog’liqliklari va 
boshqalar o’rganiladi. Yirik masshtabli tadqiqotlarda sodda tabiiy 
majmualarning rivojlanish qonuniyatlari, bog’liqligi, dinamikasi va boshqa 
jihatlari o’rganiladi.
Landshaft kartalari mazmuni bo’yicha, umumilmiy va mavzuli kartalar-ga 
bo’linadi. Birinchisi o’rganilayotgan hududning morfologik tabaqalanishi, 
ajratilgan birliklarning miqdor ko’rsatkichlari va farqlari haqida ma’lumot 
beradi. Ikkinchisi bog’liqlikni aks ettirish, baholash va bashoratlash 
kartalarini tuzish hamda amaliy masalalarni yechishga qaratiladi.
Landshaftlar komplekslilik, vertikallik, gorizontal va dinamiklik 
tuzilmalarga hos. Murakkab ichki tuzilishga, fazoviy-makonli, turli 
masshtabga, darajaga, o’ziga hos funksional va evolyusion-dinamik 
qonuniyatlarga ega landshaftlar turlari ajratiladi.



Download 33.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling