Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja
Download 485.54 Kb. Pdf ko'rish
|
7-maruza. Membranasiz organoidlar.
Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja 1. Ribosoma tuzilishi 2. Ribosomalarda oqsil sintezining borishi 3. Tsitoplazmaning fibrillyar va mikrotubulyar komponentlari 4. Tsentriolalar. 5. Bazal tanacha, kiprikcha va xivchin. 6. Kiprikcha va bazal tanachalar kimyosi. 7. Bwlinish duki mikronaychalari Diametri 20 nm ga teng mayda organoidlar. Birinchi marta elektron mikroskop yordamida 1953 yilda Dj. Pallade tomonidan topilgan. Prokariot hujayralarda ribosomalar gialopalzmada, eukariotlarda gialoplazma, endoplazmatik twr va yadro membranalarida uchraydi. Mitoxondriya va plastidalarda wzining xususiy ribosomalari bwlib ular prokariotlar ribosomaga wxshash. Prokakriot hujayralarda ularning soni 10 mingtagacha bwlsa eukariotlarda bir necha marta kwproq. Ribosomalar tarkibida ribosomal RNK va oqsillar mavjud bwlib(ribonukleoproteinlar) ularning wzaro munosabatidan 2 subbirlik tuziladi: katta va kichik. Kichik subbirliklar 1ta molekula rRNKdan tuzilgan bwlib oqsillar soni prokariotlarda 21 ta eukariotlarda-34ta. Katta subbirligi prokariotlarda 2 ta rRNKdan va 34 ta oqsildan va prokariotlarda 3 ta rRNK va 49ta oqsildan iborat. Ribosomalar tarkibiga kiruvchi rRNK yadrochada sintezlanadi. Ribosomalar tarkibiga kirgan oqsillar geterogendir: eukariotlarda 100 molekuladan prokariotlarda 50 mol.-dan iborat. Ribosomalar juda kichik bwlgani uchun hujayrani differentsial tsentrifugalashda ular eng oxirida ajraladi ya`ni sedimentatsiyalanadi. Sedimentatsiyalash bwyicha qilingan tajribalar ribosomalarning asosiy 2ta tipini aniqladi:ular prokariotlardagi 70S ribosomalar va eukariotlardagi 80S li. S-(svedberg) birligi bwlib tsentrifugadagi sedimentatsiya tezginini ifodalaydi. Uning soni qancha yuqori bwlsa sedimentatsiya tezligi shuncha tez bwladi. Mitoxondriya va plastidalarda uchraydigan ribosomalar ham 70S ga teng bwlib bu ularni prokariotlarga yaqinligini ifodalaydi. Download 485.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling