Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja


Download 485.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.10.2023
Hajmi485.54 Kb.
#1712164
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-maruza. Membranasiz organoidlar.

 
 
 
 
14-rasm. Xivchin aksonemasi tuzilishining sxemasi. 1A,1V-perifeik dupletning mikronaychalari; 2- 
markaziy mikronaychalar dupleti; 3- dinein qwlchalar; 4- radial wq; 5-neksin kwprikchasi; 6- hujayra 
membranasi. 


Kiprikcha va bazal tanachalar kimyosi. Aksonemadagi A mikronaychalar tarkibida 
dinein oqsili topilgan. Mikronaychalar tarkibidan bu oqsil olib tashlansa aksonemalar 
xarakatdan twxtaydi. Undan tashqaritubulin oqsili uchraydi. 
Kiprikcha vaxivchinlar xarakat a`zolari. Xivchsinlarga ega 1 hujayrali organizmlar 
tanasining xivchin joylashgan tomoni bilan oldinga qarab xarakatlanadi. Kwp kiprikchali 
organizmlar :infuzoriyalar kiprikchalari twlqinsimon xarakat qiladi. Ichak epiteliysi 
yuzasidagi kiprikchalar suyuqlikning xarakatini ta`minlaydi. 
Kiprikcha va xivchinlarning xarakati A mikronaychasi tarkibidagi ATFaza 
aktivligiga ega bwlgan dinein oqsili bilan bog`liq. Ma`lumki mushak hujayralarining xarakati 
2 ta fibrill oqsillari-miozin va aktining bir biriga nisbatan sirpanishi natijasida kelib chiqadi. 
Shunga asoslanib taxmin qilinadiki kiprikchalarning xarakati ham dupletdagi 2 ta 
mikronaychalarning bir-biriga ishqalanishi ntijasida kelib chiqadi. Dinein oqsili 
mikronaychalarning sirpanib ishqalanishini ta`minlaydi dnb hisoblanadi. 
Ba`za bakteriya hujayralari ham xarakat a`zosi xavchinlarga ega. U flagella deyiladi 
va tuzilishi va kimyoviy xususiyatlari bilan eukariotlarninikadan farq qiladi. Xivchinlari 
plazmatik membrana bilan wralmagan bwlib flagellin oqsilidan iborat. Ichi bwsh 
naychalardan iborat bwlib 8-10 subbirlikdan tuzilgan. 
Bwlinish duki mikronaychalari.Hayvon hujayralari bwlinish apparati 2 ta zonadan 
iborat: 2 ta tsentrosfera zonasi tsentroilalari bilan va ular orasida joylashgan bwlinish duki 
tolalari zonasi.Bu zonalarda kwp sonli mikronaychalar mavjud. Mikronaychalar bu 
apparatning markaziy qismida tsentriolalar atrofidagi tsentrosfera atrofida va 
xromosomalarning tsentromerasiga yaqin kinetoxor uchastkalarida xosil bwladi. 
Bwlinish dukida 2 xil tolalar farqlanadi: qutbdan qutbga tortilgan uzluksiz ;va 
xromosoma tolalari-xromosomalarni qutblarning biri bilan tutashtiruvchi. Ular orasida oraliq 
tolalar- tarqaluvchi xromosomalarda uchraydigan va uzuluvchi ya`ni 1 qutbdan chiqib 2 
chisiga etib bormagan tolalar uchraydi. 
Shunday qilib hayvon hujayralarida mikronaychalarning xosil bwlish markazi 
tsenriolalar va xromosomalarning kinetoxor uchastkalari hisoblanadi. 
Yuksak va tuban wsimlik hujayralari va ba`zi sodda organizmlar mikronaychalardan 
iborat bwlinish apparatini tsentriolalar ishtirokisiz xosil qiladilar. Bu xolda mikronaychalar 
xosil qilish markazi kinetoxor uchastkalaridan tashqari hujayraning qutblaridagi membranalar 
tutami va yadro membranasi bilan bog`langan zich plastinkalar xisoblanadi. 
Ba`zi kiprikchali infuzoriyalarning kipriklari asosida kwplab bazal tanachalar 
joylashgan bwlishiga qaramay bularda ham bwlinish apparati tsentriolalr ishtirokisiz boradi. 
Kimyoviy jixatdan bwlinish duki 90%oqsil, 6% RNK, lipid va polisaxaridlardan 
tuzilgan.
Anafazadagi 
xromosomalarning 
tortilish 
jarayoni 
taxmin 
qalinishicha 
mikronaychalarning qisqarishi natijasida amalga oshadi.

Download 485.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling